Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Slepnyov: yangi bitim YeOII va BAA o‘rtasidagi savdoni yiliga 5-6 mlrd dollarga oshirishi mumkin

© Press-slujba YeEK Ministr po torgovle YeEK Andrey Slepnev. Arxivnoe foto
Ministr po torgovle YeEK Andrey Slepnev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2026
Obuna bo‘lish
6 oktabrdan yangi savdo rejimi YeOIIning BAAga eksporti hajmining 98 foizini imtiyozli shartlar bilan qamrab oladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. YeOII va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim 2026-yil 6-oktabrdan kuchga kiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tomonlar hujjat kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki tartib-taomillar yakunlangani haqida rasmiy xabarnomalar bilan almashdi. Bitim 2025-yil 27-iyunda Minskda imzolangan edi.
Yangi savdo rejimi doirasida BAA YeOII tovar nomenklaturasining 86 foizi uchun imtiyozli shartlar taqdim etadi. Bu Ittifoqning Amirliklarga eksporti hajmining 98 foizini qamrab oladi.
YeIK hisob-kitobiga ko‘ra, imtiyozlar YeOII davlatlari eksportchilariga bojxona to‘lovlaridan har yili kamida 266 mln dollar tejash imkonini beradi.
Imtiyozli rejim bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, go‘sht va parranda mahsulotlari, tuxum, dukkakli ekinlar, o‘simlik yog‘i, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, mineral suv va shokolad kabi tovarlarni ham qamrab oladi.
2025 yilda YeOII mamlakatlari va BAA o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 12 foizga o‘sgan. YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov bitim kuchga kirgach, yillik tovar ayirboshlash hajmi yana kamida 5-6 mlrd dollarga oshishi mumkinligini bildirdi.
Shuningdek, Andrey Slepnyov BAA orqali "Shimol–Janub" xalqaro transport yo‘lagi o‘tishini ta’kidladi. Uning fikricha, bu YeOII eksportchilariga Fors ko‘rfazi va Hind okeani mintaqasidagi boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi va Janubiy Osiyo bilan savdoni kengaytirishga xizmat qiladi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Posol po osobim porucheniyam MID RF Marat Berdiev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
Yangi bitimlar YeOIIga 2,5 mlrd iste’molchi bozorida imtiyozli savdo imkonini beradi
Yangiliklar lentasi
0