https://oz.sputniknews.uz/20260817/avtobus-chiptasiz-jarima-59756490.html
Avtobusda chiptasiz yurganlik uchun jarima 10 baravargacha oshishi mumkin
Avtobusda chiptasiz yurganlik uchun jarima 10 baravargacha oshishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtobusda chiptasiz yurganlik uchun jarimani 10 baravargacha oshirish taklif etildi. Birinchi holatda 220 ming, takroran 440 ming so‘m jarima belgilanishi mumkin.
2026-08-17T15:48+0500
2026-08-17T15:48+0500
2026-08-17T15:59+0500
jamoat transporti
avtobus
nazorat
plastik karta
bank kartasi
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54912801_0:70:1332:819_1920x0_80_0_0_fb66ec9914933faaf8690c3c582a4c2a.png
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekistonda avtobusda chiptasiz yurganlik uchun jarimani 10 baravargacha oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda "Axborot 24" telekanaliga Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi direktori Muhammadjon Qahhorov ma’lum qildi.Taklifga ko‘ra, yo‘l haqini birinchi marta to‘lamagan yo‘lovchiga BHMning yarmi — 220 ming so‘m, qoidabuzarlik takrorlansa, bir BHM — 440 ming so‘m jarima belgilanishi mumkin. Hozir Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda shahar avtobusida chiptasiz yurish uchun jarima BHMning o‘ndan bir qismini (41,2 ming so‘m) tashkil etadi.Tegishli takliflar Qonunchilik palatasiga kiritilgan.Shuningdek, 1-sentabrdan brutto-shartnoma asosida ishlayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘l haqini to‘lash tartibi qat’iylashtiriladi. Yo‘lovchi avtobusga chiqishi bilan to‘lovni amalga oshirishi shart. Aks holda u chiptasiz yo‘lovchi sifatida qayd etilishi mumkin.Qahhorovning ma’lum qilishicha, 2026-yilning yetti oyida 82 mingdan ortiq yo‘lovchining yo‘l haqini to‘lamagani aniqlangan va ulardan 2 mlrd so‘mdan ziyod jarima undirilgan.Yangi tartibdan maqsad yo‘l haqi tushumlarini to‘liq hisobga olish bilan birga, har bir bekat va vaqt kesimida yo‘lovchilar oqimini aniqlashdir. Bu ma’lumotlar asosida avtobuslar qatnovini rejalashtirish va yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260604/avtobus-yolkira-tolanish-58081431.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54912801_74:0:1258:888_1920x0_80_0_0_6ce6b1285c121a9ba1d5a1d28a70428b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamoat transporti, avtobus, nazorat, plastik karta, bank kartasi, jamiyat, o‘zbekiston
jamoat transporti, avtobus, nazorat, plastik karta, bank kartasi, jamiyat, o‘zbekiston
Avtobusda chiptasiz yurganlik uchun jarima 10 baravargacha oshishi mumkin
15:48 17.08.2026 (yangilandi: 15:59 17.08.2026) Birinchi qoidabuzarlik uchun 220 ming, takroriy holatda 440 ming so‘m jarima taklif etilmoqda. 1-sentabrdan yo‘l haqini avtobusga chiqish bilan to‘lash talab qilinadi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekistonda avtobusda chiptasiz yurganlik uchun jarimani 10 baravargacha oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda "Axborot 24" telekanaliga Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi direktori Muhammadjon Qahhorov
ma’lum qildi.
Taklifga ko‘ra, yo‘l haqini birinchi marta to‘lamagan yo‘lovchiga BHMning yarmi — 220 ming so‘m, qoidabuzarlik takrorlansa, bir BHM — 440 ming so‘m jarima belgilanishi mumkin. Hozir Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda shahar avtobusida chiptasiz yurish uchun jarima BHMning o‘ndan bir qismini (41,2 ming so‘m) tashkil etadi.
Tegishli takliflar Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Shuningdek, 1-sentabrdan brutto-shartnoma asosida ishlayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘l haqini to‘lash tartibi qat’iylashtiriladi. Yo‘lovchi avtobusga chiqishi bilan to‘lovni amalga oshirishi shart. Aks holda u chiptasiz yo‘lovchi sifatida qayd etilishi mumkin.
Nazoratchilar maxsus planshetlar orqali yo‘lovchining transport kartasini tekshirib, yo‘l haqi to‘langan yoki to‘lanmaganini aniqlaydi.
Qahhorovning ma’lum qilishicha, 2026-yilning yetti oyida 82 mingdan ortiq yo‘lovchining yo‘l haqini to‘lamagani aniqlangan va ulardan 2 mlrd so‘mdan ziyod jarima undirilgan.
Yangi tartibdan maqsad yo‘l haqi tushumlarini to‘liq hisobga olish bilan birga, har bir bekat va vaqt kesimida yo‘lovchilar oqimini aniqlashdir. Bu ma’lumotlar asosida avtobuslar qatnovini rejalashtirish va yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.