Rufat Risqiyev vafot etdi
10:14 15.08.2026 (yangilandi: 10:57 15.08.2026)

© Sputnik / Yuriy Somov
/ Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni, "Toshkent yo‘lbarsi" nomi bilan mashhur bo‘lgan bokschi 76 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi. Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar qilmoqda.
Rufat Risqiyev 75 kg vazn toifasida musobaqalarda qatnashgan. U to‘rt karra SSSR chempioni, 1974-yilda o‘zbek bokschilari orasida birinchi jahon chempioni va 1976-yilda Monreal Olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘lgan.
Rufat Risqiyev sport faoliyati davomida 189 ta jang o‘tkazib, 174 tasida g‘alaba qozongan.
Risqiyev sportchilik faoliyatidan so‘ng murabbiy va hakam sifatida ishlagan.
Rufat Risqiyevning hayoti va sportdagi faoliyatiga bag‘ishlangan "Ringga chaqiriladi" filmi ham suratga olingan (1979). Unda bosh rolni sportchining o‘zi ijro etgan.
Rufat Risqiyev so‘nggi yillarda og‘ir kasallik bilan kurashgan. 2016-yilda Riskiyevning o‘ng oyog‘i tromboz tufayli amputatsiya qilingan edi.