https://oz.sputniknews.uz/20260812/uzbekistan-turizm-korsatkichlar-59643662.html
Yetti oyda 7,8 mln sayyoh — O‘zbekiston turizmining 2026-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari
Yetti oyda 7,8 mln sayyoh — O‘zbekiston turizmining 2026-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga yetti oyda 7,75 mln xorijiy sayyoh keldi. Turistik xizmatlar eksporti 3,9 mlrd dollarga yetdi, yangi mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari soni ham oshdi.
2026-08-12T12:07+0500
2026-08-12T12:07+0500
2026-08-12T12:18+0500
turizm qo‘mitasi
turizm
turistlar
sayyohlar
aviayo‘nalish
mehmonxona
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/04/58085003_0:84:1600:984_1920x0_80_0_0_c529f9592c6985dea503cf4d736d8de3.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 7 749 307 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,6 foizga ko‘p, deb xabar berdi Turizm qo‘mitasi.Solishtirish uchun, mamlakatga 2023-yilda 6,6 million, 2024-yilda 10 milliondan ortiq, 2025-yilda esa 11,7 million xorijiy sayyoh kelgan.Turizm bilan bog‘liq boshqa ko‘rsatkichlarda ham o‘sish kuzatildi:To‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro yo‘nalishlar geografiyasi ham kengaydi. Hududiy aeroportlarda yo‘lovchi oqimi Termizda 52 foizga, Urganchda 24 foizga, Nukusda esa 23 foizga oshdi.Yanvar–iyulda 22 296 o‘rinli 705 ta yangi joylashtirish vositasi tashkil etildi. Ularning umumiy soni 7 440 taga, o‘rinlar soni 202,6 mingtaga yetdi.Turistik xizmatlar eksporti esa 56 foizga o‘sib, 3 895,7 mln dollarga yetdi. Shunday qilib, sayyohlar soni 22,6 foizga oshgan bir paytda, turizm xizmatlaridan eksport tushumi ancha tez sur’atda o‘sdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260721/uzbekistan-sayohat-qidiruv-oshish-59167532.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/04/58085003_89:0:1512:1067_1920x0_80_0_0_14803d6574f3fa093f3ea2f75d66fc9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm qo‘mitasi, turizm, turistlar, sayyohlar, aviayo‘nalish, mehmonxona, o‘zbekiston
turizm qo‘mitasi, turizm, turistlar, sayyohlar, aviayo‘nalish, mehmonxona, o‘zbekiston
Yetti oyda 7,8 mln sayyoh — O‘zbekiston turizmining 2026-yilgi asosiy ko‘rsatkichlari
12:07 12.08.2026 (yangilandi: 12:18 12.08.2026) 2026 yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 7,75 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Turistik xizmatlar eksporti esa 56 foizga oshdi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. 2026 yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 7 749 307 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,6 foizga ko‘p, deb
xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Solishtirish uchun, mamlakatga 2023-yilda 6,6 million, 2024-yilda 10 milliondan ortiq, 2025-yilda esa 11,7 million xorijiy sayyoh kelgan.
Turizm bilan bog‘liq boshqa ko‘rsatkichlarda ham o‘sish kuzatildi:
aeroportlar 8,15 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi — o‘sish 16 %;
64 831 ta reys amalga oshirildi — o‘sish 8%;
xalqaro reyslar soni 47 371 taga yetdi — o‘sish 12%;
xalqaro reyslardan 6,7 mln yo‘lovchi foydalandi — o‘sish 15,4%;
yuk va pochta hajmi 51,5 ming tonnaga yetdi — o‘sish 33%.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro yo‘nalishlar geografiyasi ham kengaydi. Hududiy aeroportlarda yo‘lovchi oqimi Termizda 52 foizga, Urganchda 24 foizga, Nukusda esa 23 foizga oshdi.
Yanvar–iyulda 22 296 o‘rinli 705 ta yangi joylashtirish vositasi tashkil etildi. Ularning umumiy soni 7 440 taga, o‘rinlar soni 202,6 mingtaga yetdi.
Turistik xizmatlar eksporti esa 56 foizga o‘sib, 3 895,7 mln dollarga yetdi. Shunday qilib, sayyohlar soni 22,6 foizga oshgan bir paytda, turizm xizmatlaridan eksport tushumi ancha tez sur’atda o‘sdi.