Nijnekamskda dron hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadlari vatanga olib kelindi
Nijnekamskda dron hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadlari vatanga olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Nijnekamskda dron hujumi oqibatida halok bo‘lgan sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari 12-avgust kuni maxsus reys bilan vatanga olib kelindi. Dafn xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Tataristondagi dron hujumi oqibatida halok bo‘lgan sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari 12-avgust kuni maxsus aviareys bilan vatanga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.TIV ma’lumotiga ko‘ra, 10-avgust kuni Nijnekamsk shahridagi qator obyektlarga dronlar orqali hujum qilingan. Hodisa oqibatida mahalliy qurilish korxonasida ishlagan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana bir qator fuqarolar turli darajada jarohat olib, shifoxonalarga joylashtirilgan.Prezident topshirig‘i bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi doirasida TIV, FVV, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Migratsiya agentligi va boshqa idoralar halok bo‘lganlarni Vatanga qaytarish, jabrlanganlarga yordam berish va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etdi.TIV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar Rossiya tomoni bilan hamkorlikda nazoratda ekanini bildirdi.
Jasadlar O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida olib kelindi. Dafn marosimi xarajatlarini ham davlat qoplaydi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Tataristondagi dron hujumi oqibatida halok bo‘lgan sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari 12-avgust kuni maxsus aviareys bilan vatanga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, 10-avgust kuni Nijnekamsk shahridagi qator obyektlarga dronlar orqali hujum qilingan. Hodisa oqibatida mahalliy qurilish korxonasida ishlagan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana bir qator fuqarolar turli darajada jarohat olib, shifoxonalarga joylashtirilgan.
Prezident topshirig‘i bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi doirasida TIV, FVV, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Migratsiya agentligi va boshqa idoralar halok bo‘lganlarni Vatanga qaytarish, jabrlanganlarga yordam berish va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etdi.
Migratsiya agentligining Sputnik agentligigiga ma’lum qilishicha, jasadlarni olib kelish davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan. O‘zbekistondagi dafn marosimlari bilan bog‘liq xarajatlar ham davlat tomonidan qoplanadi.
TIV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar Rossiya tomoni bilan hamkorlikda nazoratda ekanini bildirdi.