TOShKENT, 12 avg — Sputnik. YeOIIda 2027-yil 1-yanvardan xorijiy marketpleyslar orqali olib kiriladigan tovarlarga yangi bojxona qoidalari joriy etiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligining YeOIIni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Elimbek Qanibek uulu ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.Boj stavkasi tovar qiymatining 5 foizini, biroq har bir kilogramm uchun kamida 1 yevroni tashkil etadi. Shu bilan birga, shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlarga bojsiz chegara saqlab qolinadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tartib, jumladan, Xitoy marketpleyslaridan amalga oshiriladigan xaridlarga ham tatbiq etiladi.YeOIIda tashqi elektron savdoni tartibga solishning yangi mexanizmi 2027-yil 1-yanvardan ishga tushishi rejalashtirilgan. Elektron savdo orqali olib kiriladigan tovarlar alohida toifaga ajratiladi va ular uchun yagona bojxona tartibi qo‘llaniladi.Qanibek uuluning ta’kidlashicha, hozir YeOII shartnomasiga elektron savdo tovarlarini soliqqa tortish bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Avvalroq Qirg‘izistonda internet xaridlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish va tovarlarni qaytarish jarayoni uchun mas’ul bo‘ladigan milliy elektron tijorat operatori tashkil etilishi ma’lum qilingan edi.
2027 yildan 200 yevrogacha bo‘lgan shaxsiy xaridlar bojsiz qoladi, undan yuqori tovarlarga yangi tartib qo‘llaniladi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. YeOIIda 2027-yil 1-yanvardan xorijiy marketpleyslar orqali olib kiriladigan tovarlarga yangi bojxona qoidalari joriy etiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligining YeOIIni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Elimbek Qanibek uulu ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Boj stavkasi tovar qiymatining 5 foizini, biroq har bir kilogramm uchun kamida 1 yevroni tashkil etadi. Shu bilan birga, shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlarga bojsiz chegara saqlab qolinadi.
"Biz odamlar shaxsiy foydalanish uchun tovarlarga buyurtma berishini tushunamiz, shuning uchun 200 yevrogacha bo‘lgan tovarlar boj to‘lamasdan olib kiriladi", — dedi Qanibek uulu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tartib, jumladan, Xitoy marketpleyslaridan amalga oshiriladigan xaridlarga ham tatbiq etiladi.
YeOIIda tashqi elektron savdoni tartibga solishning yangi mexanizmi 2027-yil 1-yanvardan ishga tushishi rejalashtirilgan. Elektron savdo orqali olib kiriladigan tovarlar alohida toifaga ajratiladi va ular uchun yagona bojxona tartibi qo‘llaniladi.
Qanibek uuluning ta’kidlashicha, hozir YeOII shartnomasiga elektron savdo tovarlarini soliqqa tortish bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Avvalroq Qirg‘izistonda internet xaridlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish va tovarlarni qaytarish jarayoni uchun mas’ul bo‘ladigan milliy elektron tijorat operatori tashkil etilishi ma’lum qilingan edi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.