Sankt-Peterburgda migrantlarning taksi va kuryerlikda ishlashiga taqiq uzaytirilishi mumkin

© Sputnik / Aleksey DanichevSankt-Peterburg
Sankt-Peterburg  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2026
Obuna bo‘lish
Yangi cheklov 2027-yil oxirigacha amal qilishi mumkin. U mehnat patenti bilan ishlaydigan xorijliklarga, jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Sankt-Peterburgda mehnat patenti asosida ishlaydigan xorijliklarni taksi va kuryerlik xizmatlariga jalb qilishga qo‘yilgan taqiq 2027-yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin.
Tegishli qaror loyihasi Sankt-Peterburg hukumati saytida korrupsiyaga qarshi ekspertiza uchun joylashtirildi. Hujjat hali qabul qilinmagan.
Loyihaga ko‘ra, cheklov yengil taksi va haydovchisi bo‘lgan avtomobillarni ijaraga berish, shuningdek, kuryerlik faoliyatiga taalluqli. Bunga turli transport vositalarida buyurtmalarni yetkazib berish, uyga oziq-ovqat yetkazish va boshqa kuryerlik xizmatlari ham kiradi.

Cheklov aynan mehnat patenti asosida ishlaydigan xorijliklarga tegishli.

Agar qaror qabul qilinsa, ish beruvchilar 2027-yil 1-yanvarga qadar xodimlar tarkibini yangi talablarga moslashtirishi kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, cheklov 2028-yilga avtomatik ravishda uzaytirilmaydi. Sankt-Peterburg Mehnat va aholi bandligi qo‘mitasiga 2027-yil 1-avgustga qadar keyingi yil uchun ham shunday taqiq joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yilmoqda.
Sankt-Peterburgda patent asosida ishlaydigan xorijliklarni taksi va kuryerlikka jalb qilishga taqiq hozir ham amal qilmoqda. 2025-yil dekabrda gubernator Aleksandr Beglov cheklovni 2026-yil oxirigacha uzaytirgan edi.
Kuryeri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2025
Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryer bo‘lib ishlash taqiqlandi
Yangiliklar lentasi
0