https://oz.sputniknews.uz/20260811/mirziyoev-neft-gaz-topshiriq-59629627.html
Mirziyoyev neft-gaz bozorida sun’iy taqchillik va narx oshishining oldini olishni topshirdi
Mirziyoyev neft-gaz bozorida sun’iy taqchillik va narx oshishining oldini olishni topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident neft-gaz bozorida sun’iy taqchillik va narxlarni asossiz oshirishning oldini olishni topshirdi. Avgustda 27 ta yangi quduqni ishga tushirish rejalashtirilgan.
2026-08-11T18:37+0500
2026-08-11T18:37+0500
2026-08-11T18:37+0500
shavkat mirziyoyev
neft
gaz
o‘zbekneftgaz
iqtisod
import
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59629454_0:133:2561:1573_1920x0_80_0_0_f2a4277d84f82cceac0baa486f43427a.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz bozorida barqarorlikni ta’minlash va aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlariga uglevodorod resurslarini uzluksiz yetkazib berish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda neft va gaz qazib chiqarish, import qilish, qayta ishlash, zaxiralash hamda iste’molchilarga yetkazib berish holati ko‘rib chiqildi.Prezident quduqlarni burg‘ilashdan tortib, ularni gaz uzatish tarmog‘iga ulashgacha bo‘lgan jarayonlarni kunlik nazoratga olish, elektr ta’minoti va ishlab chiqarish infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.Ayniqsa, resurslarni asossiz ushlab turish, bozorda sun’iy taqchillik yuzaga keltirish va narxlarni asossiz oshirish holatlarining oldini olish uchun ta’sirchan nazorat o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.“O‘zbekneftgaz”ga neft va gaz qazib chiqarish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlash topshirildi. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini esa yil yakuniga qadar rejadagi 520 ming tonnadan 606 ming tonnaga yetkazish belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260806/mirziyoev-elektr-gaz-reja-59533919.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59629454_143:0:2416:1705_1920x0_80_0_0_bb5f17c6a993d431a54906d163d5906f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, neft, gaz, o‘zbekneftgaz, iqtisod, import
shavkat mirziyoyev, neft, gaz, o‘zbekneftgaz, iqtisod, import
Mirziyoyev neft-gaz bozorida sun’iy taqchillik va narx oshishining oldini olishni topshirdi
Neft-gaz bozorida resurslarni asossiz ushlab turish, sun’iy taqchillik yaratish va narxlarni oshirish holatlariga qarshi nazorat kuchaytiriladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz bozorida barqarorlikni ta’minlash va aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlariga uglevodorod resurslarini uzluksiz yetkazib berish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda neft va gaz qazib chiqarish, import qilish, qayta ishlash, zaxiralash hamda iste’molchilarga yetkazib berish holati ko‘rib chiqildi.
“O‘zbekneftgaz” avgust oyida 27 ta quduqni ishga tushirishni rejalashtirgan. “Yangi Kultak”, “Niyoz”, “Qoratau”, “Marvarid” va “Tegirmon” konlaridagi ishlar hisobiga qo‘shimcha 887 ming kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.
Prezident quduqlarni burg‘ilashdan tortib, ularni gaz uzatish tarmog‘iga ulashgacha bo‘lgan jarayonlarni kunlik nazoratga olish, elektr ta’minoti va ishlab chiqarish infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Ayniqsa, resurslarni asossiz ushlab turish, bozorda sun’iy taqchillik yuzaga keltirish va narxlarni asossiz oshirish holatlarining oldini olish uchun ta’sirchan nazorat o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
“O‘zbekneftgaz”ga neft va gaz qazib chiqarish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlash topshirildi. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini esa yil yakuniga qadar rejadagi 520 ming tonnadan 606 ming tonnaga yetkazish belgilandi.