https://oz.sputniknews.uz/20260811/eaeu-kuzatuvchilar-kengayish-59618324.html
Pankin: YeOII tez orada yangi kuzatuvchilar hisobiga kengayishi mumkin
Pankin: YeOII tez orada yangi kuzatuvchilar hisobiga kengayishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
YeOII bir nechta yangi kuzatuvchi davlat hisobiga kengayishi mumkin. Rossiya TIV ittifoq uchun hozirgi asosiy vazifalardan biri, Armaniston pozitsiyasini ham hisobga olgan holda, ichki parchalanishga yo‘l qo‘ymaslik ekanini bildirdi.
2026-08-11T11:21+0500
2026-08-11T11:21+0500
2026-08-11T11:21+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
rossiya tiv
hamkorlik
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59617534_0:218:2868:1831_1920x0_80_0_0_851466107c34bb81b7c87598bff88fb8.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yaqin vaqt ichida yangi kuzatuvchi davlatlar hisobiga kengayishi mumkin. Biroq hozircha tashkilotga yangi to‘laqonli a’zolar qo‘shilishi kutilmayapti. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin “Izvestiya”ga bergan intervyusida aytdi.Hozir YeOIIda O‘zbekiston, Kuba, Eron va Moldova kuzatuvchi maqomiga ega. Bunday davlatlar ittifoq organlari yig‘ilishlarida taklif asosida qatnashishi va ochiq hujjatlarni olishi mumkin, ammo qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas.2025 yil dekabrida Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin Myanma, Nikaragua va Venesuela kuzatuvchi maqomini olish uchun ariza topshirganini aytgan edi.Pankinning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda YeOII uchun asosiy vazifalardan biri — ittifoq ichidagi birlikni saqlash. Bu borada u, xususan, Armaniston pozitsiyasiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqini YeOII mamlakatlarini bir-biridan uzoqlashtirishga urinishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa vakillari ayrim davlatlarga turli taklif va yolg‘on va’dalar bilan murojaat qilmoqda.Shu bilan birga, “Izvestiya”ning qayd etishicha, Moldova so‘nggi yillarda ittifoqdan uzoqlashib, YeIga integratsiya yo‘lini tanlagan. Venesuelada esa Nikolas Maduro AQSh harbiy amaliyoti natijasida qo‘lga olingan va mamlakatdagi keyingi siyosiy jarayonlar Vashingtonning kuchli ta’siri ostida kechmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260722/eaeu-imtiyoz-savdo-59191549.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59617534_69:0:2800:2048_1920x0_80_0_0_fdd8dbb4587533fb27f11ebb2359b655.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, rossiya tiv, hamkorlik, jamiyat
yeoii, rossiya tiv, hamkorlik, jamiyat
Pankin: YeOII tez orada yangi kuzatuvchilar hisobiga kengayishi mumkin
Avvalroq Belarus bosh vaziri Myanma, Nikaragua va Venesuela kuzatuvchi maqomini olish uchun ariza topshirganini aytgan edi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yaqin vaqt ichida yangi kuzatuvchi davlatlar hisobiga kengayishi mumkin. Biroq hozircha tashkilotga yangi to‘laqonli a’zolar qo‘shilishi kutilmayapti. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin “Izvestiya”ga bergan intervyusida
aytdi.
Hozir YeOIIda O‘zbekiston, Kuba, Eron va Moldova kuzatuvchi maqomiga ega. Bunday davlatlar ittifoq organlari yig‘ilishlarida taklif asosida qatnashishi va ochiq hujjatlarni olishi mumkin, ammo qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas.
2025 yil dekabrida Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin Myanma, Nikaragua va Venesuela kuzatuvchi maqomini olish uchun ariza topshirganini aytgan edi.
Pankinning ta’kidlashicha, kuzatuvchi maqomi mamlakat zimmasiga YeOIIning barcha qoida va talablariga rioya qilish majburiyatini yuklamaydi va hamkorlikni bosqichma-bosqich chuqurlashtirish imkonini beradi.
Pankinning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda YeOII uchun asosiy vazifalardan biri — ittifoq ichidagi birlikni saqlash. Bu borada u, xususan, Armaniston pozitsiyasiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, u Yevropa Ittifoqini YeOII mamlakatlarini bir-biridan uzoqlashtirishga urinishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa vakillari ayrim davlatlarga turli taklif va yolg‘on va’dalar bilan murojaat qilmoqda.
Shu bilan birga, “Izvestiya”ning qayd etishicha, Moldova so‘nggi yillarda ittifoqdan uzoqlashib, YeIga integratsiya yo‘lini tanlagan. Venesuelada esa Nikolas Maduro AQSh harbiy amaliyoti natijasida qo‘lga olingan va mamlakatdagi keyingi siyosiy jarayonlar Vashingtonning kuchli ta’siri ostida kechmoqda.