"Etihad Airways" Abu-Dabi — Toshkent yo‘nalishida ilk reysni amalga oshirdi

© "Uzbekistan Airports" AJPerviy reys Etihad Airways iz Abu-Dabi torjestvenno vstretili v aeroportu Tashkenta
Perviy reys Etihad Airways iz Abu-Dabi torjestvenno vstretili v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Obuna bo‘lish
BAA aviakompaniyasi Abu-Dabi — Toshkent yo‘nalishida har kunlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida "Etihad Airways" aviakompaniyasining Abu-Dabi — Toshkent yo‘nalishidagi ilk muntazam reysi kutib olindi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
Airbus A320 samolyoti Toshkentga soat 01:35 da qo‘ndi. Aviatsiya an’anasiga ko‘ra, havo kemasi suv arkasi bilan kutib olindi. Aeroportda "Etihad Airways", "Uzbekistan Airports" va BAAning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirokida marosim o‘tkazildi.
Yangi yo‘nalish bo‘yicha reyslar har kuni Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. "Etihad" rasmiy jadvaliga ko‘ra, EY830 reysi Abu-Dabidan soat 21:10 da uchib, Toshkentga ertasi kuni 01:35 da yetib keladi. Qaytish reysi Toshkentdan 03:50 da jo‘naydi va Abu-Dabiga 06:35 da yetib boradi.

Bundan tashqari, "Etihad Airways" va "Uzbekistan Airways" o‘rtasida kodshering kelishuvi amal qilmoqda. U orqali aviakompaniya yo‘lovchilari Toshkentdan Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Termiz, Farg‘ona, Namangan va Andijonga yagona chipta asosida safar qilish imkoniga ega.

"Etihad Airways" — Birlashgan Arab Amirliklarining milliy aviakompaniyasi. Uning asosiy xabi Abu-Dabidagi Zayed International Airport hisoblanadi.
Santa Klaus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Finlyandiya OAV: O‘zbekistondan Santa-Klaus o‘lkasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0