https://oz.sputniknews.uz/20260809/jahon-futbol-infantino-59579388.html
Jahon futbolida “taxt” uchun talash boshlandimi — Infantino atrofida nima bo‘lyapti?
Jahon futbolida “taxt” uchun talash boshlandimi — Infantino atrofida nima bo‘lyapti?
Sputnik O‘zbekiston
4,2 mlrd dollarlik bahsli loyiha Janni Infantino uchun katta siyosiy inqirozga aylandi. UEFA ishonchini qaytarib oldi, Norvegiya iste’foni talab qildi, Afrika va qator federatsiyalar esa FIFA prezidentini himoya qilmoqda.
2026-08-09T11:22+0500
2026-08-09T11:22+0500
2026-08-09T11:23+0500
futbol
xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa)
sport
yevropa
afrika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/09/59579207_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_d012f0220cfc051b13e319c8943c19de.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Jahon futbolida FIFA prezidenti Janni Infantino atrofida jiddiy rahbarlik inqirozi yuzaga kelmoqda. Yevropaning qator futbol federatsiyalari uni 2027-yilgi saylovda qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi, UEFA unga ishonch qolmaganini bildirdi, Norvegiya futbol federatsiyasi esa iste’foga chaqirdi.Shu bilan birga, Afrika va ayrim boshqa federatsiyalar Infantino tomonida qolmoqda.Mojaroga iyul oxirida e’lon qilingan FIFA Forward Enterprise loyihasi turtki berdi. FIFA Jahon chempionati va boshqa musobaqalarning tijoriy faoliyatini yangi kompaniyaga o‘tkazib, uning qariyb 20 foizini investorlarga sotish orqali 4,2 mlrd dollargacha mablag‘ jalb qilishni rejalashtirgan edi. Kompaniya 20 mlrd dollar atrofida baholangan.Biroq reja UEFA, CONCACAF va Osiyo futbol konfederatsiyasining keskin qarshiligiga uchradi. UEFA hatto FIFA musobaqalarini boykot qilish imkoniyatini ham muhokama qildi. Natijada Infantino bir necha kun ichida rejadan voz kechdi, FIFA esa 211 a’zo federatsiyadan loyihani tayyorlash va tushuntirishdagi xatolar uchun uzr so‘radi.FIFA ichida ham yakdillik bo‘lmadi. Arsen Venger loyiha haqida OAVdan bilganini aytib, uni bekor qilishni to‘g‘ri qaror deb baholadi.Eng jiddiy qarshilik Yevropadan kelmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, kamida beshta Yevropa federatsiyasi, jumladan Angliya, Infantinoning qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlamaydi. Biroq Infantino hali ham kuchli tayanchga ega. Afrika futbol konfederatsiyasi uni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, Argentina va Meksika federatsiyalari ham uning tarafida. Osiyoda esa pozitsiyalar bo‘lingan.Asosiy kurash 2027-yil 18-martda Marokashning Rabot shahrida o‘tadigan FIFA prezidenti saylovida kechishi mumkin. Infantino FIFAni 2016-yildan beri boshqarib kelmoqda va 2027-yilda yana g‘alaba qozonsa, 2031-yilgacha lavozimda qolishi mumkin.Bir necha oy avval bu saylov Infantino uchun deyarli formal jarayon bo‘lib ko‘rinayotgan edi. Endi esa jahon futbolida “taxt” uchun haqiqiy kurash boshlanishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260712/jch-mojaro-tanqidlar-58995357.html
yevropa
afrika
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/09/59579207_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_27b0afa9e924053f1ccbbeba4fd1be21.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol, xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa), sport, yevropa, afrika
futbol, xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa), sport, yevropa, afrika
Jahon futbolida “taxt” uchun talash boshlandimi — Infantino atrofida nima bo‘lyapti?
11:22 09.08.2026 (yangilandi: 11:23 09.08.2026) Janni Infantino atrofidagi mojaro kuchaymoqda: UEFA unga ishonchini yo‘qotganini bildirdi, Norvegiya iste’fosini talab qilmoqda, Afrika va qator boshqa federatsiyalar esa uni qo‘llab-quvvatlayapti
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Jahon futbolida FIFA prezidenti Janni Infantino atrofida jiddiy rahbarlik inqirozi yuzaga kelmoqda. Yevropaning qator futbol federatsiyalari uni 2027-yilgi saylovda qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi, UEFA unga ishonch qolmaganini bildirdi, Norvegiya futbol federatsiyasi esa iste’foga chaqirdi.
Shu bilan birga, Afrika va ayrim boshqa federatsiyalar Infantino tomonida qolmoqda.
8 avgust kuni FIFA Infantino va tashkilotga qarshi “muvofiqlashtirilgan va davom etayotgan urinish” borligini ma’lum qildi.
Mojaroga iyul oxirida e’lon qilingan FIFA Forward Enterprise loyihasi turtki berdi. FIFA Jahon chempionati va boshqa musobaqalarning tijoriy faoliyatini yangi kompaniyaga o‘tkazib, uning qariyb 20 foizini investorlarga sotish orqali 4,2 mlrd dollargacha mablag‘ jalb qilishni rejalashtirgan edi. Kompaniya 20 mlrd dollar atrofida baholangan.
Biroq reja UEFA, CONCACAF va Osiyo futbol konfederatsiyasining keskin qarshiligiga uchradi. UEFA hatto FIFA musobaqalarini boykot qilish imkoniyatini ham muhokama qildi. Natijada Infantino bir necha kun ichida rejadan voz kechdi, FIFA esa 211 a’zo federatsiyadan loyihani tayyorlash va tushuntirishdagi xatolar uchun uzr so‘radi.
FIFA ichida ham yakdillik bo‘lmadi. Arsen Venger loyiha haqida OAVdan bilganini aytib, uni bekor qilishni to‘g‘ri qaror deb baholadi.
Eng jiddiy qarshilik Yevropadan kelmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, kamida beshta Yevropa federatsiyasi, jumladan Angliya, Infantinoning qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlamaydi.
Germaniya ham uni qo‘llamasligini, Niderlandiya esa ovoz bermasligini bildirgan. Norvegiya futbol federatsiyasi prezidenti Lise Klaveness Infantino institutsional ishonchni yo‘qotganini aytib, uni iste’foga chaqirdi.
Biroq Infantino hali ham kuchli tayanchga ega. Afrika futbol konfederatsiyasi uni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, Argentina va Meksika federatsiyalari ham uning tarafida. Osiyoda esa pozitsiyalar bo‘lingan.
Asosiy kurash 2027-yil 18-martda Marokashning Rabot shahrida o‘tadigan FIFA prezidenti saylovida kechishi mumkin. Infantino FIFAni 2016-yildan beri boshqarib kelmoqda va 2027-yilda yana g‘alaba qozonsa, 2031-yilgacha lavozimda qolishi mumkin.
Bir necha oy avval bu saylov Infantino uchun deyarli formal jarayon bo‘lib ko‘rinayotgan edi. Endi esa jahon futbolida “taxt” uchun haqiqiy kurash boshlanishi mumkin.