O‘zbektelekom yetakchi, Paynet to‘rtinchi: xizmatlar sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan 20 korxona

© Depositphotos / Dmitriy ShironosovPlanshetniy kompyuter s finansovimi dannimi
Planshetniy kompyuter s finansovimi dannimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Obuna bo‘lish
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi top-20 korxona yarim yilda 4,66 trillion so‘m soliq to‘lab, jami tushumning 19,8 foizini ta’minladi
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan 163 932 ta yuridik shaxs 2026-yilning yanvar–iyun oylarida budjetga qariyb 23,5 trln so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 353,8 trln so‘mni tashkil etgan. Ularga qariyb 30,5 trln so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanilgan.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi hissasiga 41 trln so‘mlik tovar aylanmasi to‘g‘ri kelgan. Bu sohadagi umumiy aylanmaning 11,6 foizini tashkil etadi.
Top-20 korxona budjetga 4,66 trln so‘m soliq to‘lagan. Bu xizmat ko‘rsatish sohasidagi jami soliq tushumlarining 19,8 foiziga teng. Ular foydalangan soliq imtiyozlari 2,84 trln so‘mni yoki umumiy imtiyozlarning 9,3 foizini tashkil etgan.
Ushbu korxonalar to‘lagan soliqlar quyidagi tarkibda shakllangan:
foyda solig‘i — 1,5 trln so‘m;
qo‘shilgan qiymat solig‘i — 1,44 trln so‘m;
ijtimoiy soliq — 635 mlrd so‘m;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 605,4 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i — 147,1 mlrd so‘m;
aylanmadan olinadigan soliq — 121,7 mlrd so‘m;
yer solig‘i — 65,7 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar — 148 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 korxona

1.
"O‘ZBEKTELEKOM" AJ — 837,9 mlrd so‘m;
2.
"ASIA TRANS GAS" MChJ — 726,1 mlrd so‘m;
3.
"UZBEKISTAN AIRWAYS" AJ — 440,1 mlrd so‘m;
4.
"PAYNET" AJ — 276,9 mlrd so‘m;
5.
"UNITEL" MChJ XK — 271,5 mlrd so‘m;
6.
"COSCOM" MChJ — 232,8 mlrd so‘m;
7.
"Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti" MChJ — 196,6 mlrd so‘m;
8.
"TOSHSHHARTRANSXIZMAT" AJ — 185,6 mlrd so‘m;
9.
"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ — 172,5 mlrd so‘m;
10.
"MY FREIGHTER" MChJ — 169,4 mlrd so‘m;
11.
"TEMIR YO‘L INFRATUZILMA" AJ — 168,3 mlrd so‘m;
12.
"O‘ZAERONAVIGATSIYA MARKAZI" DUK — 165,5 mlrd so‘m;
13.
"UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS" MChJ — 160,9 mlrd so‘m;
14.
"YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROTSESSING MARKAZI" AJ — 152,1 mlrd so‘m;
15.
"TEZCOIN" MChJ MMT — 88,8 mlrd so‘m;
16.
"YGO UB" MChJ (Yandex Go) — 88,2 mlrd so‘m;
17.
"INFORMATION TECHNOLOGY CENTER" MChJ QK — 86,5 mlrd so‘m;
18.
"TOSHKENT METROPOLITENI" DUK — 85,2 mlrd so‘m;
19.
"RESPUBLIKA INKASSATSIYA XIZMATI" DUK — 84,4 mlrd so‘m;
20.
"QANOT SHARQ" MChJ — 77,1 mlrd so‘m.
Reytingdagi eng sezilarli o‘zgarishlardan biri Paynet bilan bog‘liq. 2025-yil yanvar–iyul oylari yakunlari bo‘yicha kompaniya xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng yirik soliq to‘lovchilar orasida 10-o‘rinni egallagan edi.
Blank nalogovoy deklaratsii po nalogu na dobavlennuyu stoimost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Top-20: xizmat ko‘rsatish sohasida eng yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0