O‘zbekistonlik o‘quvchi E’zoza Beshimjonova atom muzorarida Shimoliy qutbga yo‘l oldi

© Goskorporatsiya RosatomEkspeditsiya na atomnom ledokole "50 let Pobedi". (Arxivnoe foto)
Ekspeditsiya na atomnom ledokole 50 let Pobedi. (Arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik o‘quvchi 23 mamlakat vakillari bilan "G‘alabaning 50-yilligi" atom muzorarida Shimoliy qutb tomon ilmiy safarga yo‘l oldi
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘quvchi E’zoza Beshimjonova "Rosatom"ning "Bilimlar muzorari" ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyasi doirasida Shimoliy qutbga yo‘l oldi. Bu haqda Rosatom matbuot xizmati xabar berdi.
Safarda Rossiya va yana 22 mamlakatdan maktab o‘quvchilari hamda kollej talabalari ishtirok etmoqda.
Ekspeditsiya Murmanskdan "G‘alabaning 50-yilligi" atom muzorarida yo‘lga chiqdi. Kema Murmansk — Shimoliy qutb — Frans-Iosif Yeri — Murmansk yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.
Xorijiy ishtirokchilar xalqaro tanlov asosida saralangan. Qariyb 5 ming nafar talabgor orasidan 22 mamlakatning har biridan bittadan g‘olib tanlab olingan.
Safar davomida ishtirokchilar uchun atom texnologiyalari, Arktikani o‘rganish va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar, munozaralar va mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilar atom muzorarining tuzilishi va ishlash jarayoni bilan ham tanishadi.
"Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachevning ta’kidlashicha, loyiha turli mamlakatlarning iqtidorli yoshlarini ilm-fan va sayyorani asrashga qaratilgan g‘oyalar atrofida birlashtirishni ko‘zda tutadi.
"Bilimlar muzorari" loyihasining olti mavsumi davomida turli mamlakatlardan 400 nafardan ziyod iqtidorli o‘quvchi Shimoliy qutb ekspeditsiyalarida ishtirok etgan.
Student Tashkentskogo filiala MIFI stal ambassadorom yadernogo obrazovaniya Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2026
MMFI Toshkent filiali talabasi Rossiya yadro ta’limi ambassadori bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0