https://oz.sputniknews.uz/20260804/eurasia-loyihalar-59464355.html
Neft qazib olish, Xitoyga yangi ko‘prik va kema zavodi: "Yevroosiyo" loyihalari
Neft qazib olish, Xitoyga yangi ko‘prik va kema zavodi: "Yevroosiyo" loyihalari
Sputnik O‘zbekiston
YeOTB monitoringi Yevroosiyoda portlar, avtomobil va temir yo‘llar, logistika markazlari, energetika hamda sanoat korxonalariga yo‘naltirilgan yangi yirik loyihalarni jamladi.
2026-08-04T13:51+0500
2026-08-04T13:51+0500
2026-08-04T13:51+0500
o‘zbekiston va yeoii
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb)
iqtisod
yeoii
transport
metallurgiya
energetika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/06/42806638_0:0:2732:1537_1920x0_80_0_0_7ad01ff1db302d5a61876c6a7d0f557d.jpg
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda transport, sanoat va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot bankining yangi monitoringida ma’lum qilindi.O‘zbekistonda O‘zmetkombinatning 839 mln dollarlik issiqlayin prokat majmuasi ishga tushirildi. Shuningdek, Urganch—Xiva o‘rtasidagi 120 mln dollarlik pulli yo‘lni ochish va Yangiyo‘l tumanida 370 mln dollarlik logistika markazini kengaytirish rejalashtirilgan.Qozog‘istonda Quriq portida qariyb 1 mlrd dollarlik ko‘p funksiyali terminal quriladi. Birinchi bosqich yiliga 15 mln tonna yukka xizmat ko‘rsatadi, yakuniy quvvat esa 25 mln tonnaga yetkaziladi. Tengiz konidagi kengaytirish ishlari yakunlangach, 2026-yilda neft qazib olishni 40 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Mang‘istau viloyatida esa kamida 267 mln dollarlik kemasozlik zavodini qurish taklif etilmoqda. Korxona yiliga sakkiztagacha kema ishlab chiqarishi mumkin.Rossiyada 300 MVt quvvatli Novolak shamol elektr stansiyasi to‘liq ishga tushirildi. Rossiya va Xitoy Jalinda—Moxe avtomobil-temir yo‘l ko‘prigining asosiy parametrlarini kelishib olmoqchi. Ushbu yo‘nalish Yakutiyadan Xitoyga yuk yetkazish masofasini 2 ming kilometrdan ko‘proqqa qisqartirishi kutilmoqda.Eksport yuklari 6 foiz, kabotaj tashuvlari 22 foizdan ziyod oshdi, tranzit esa 6 foizga kamaydi. Quruq yuklar hajmi 9 foiz o‘sib, 224 mln tonnadan oshdi.Qirg‘izistonning "Eldik bank"i va Xitoy Davlat taraqqiyot banki 1 mlrd yuan (qariyib 150 mln dollar)lik kredit bitimini imzoladi. Mablag‘lar infratuzilma, yashil energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi kichik va o‘rta biznes loyihalariga yo‘naltiriladi.Monitoring Yevroosiyoda asosiy e’tibor yangi transport quvvatlarini yaratish, sanoatni mahalliylashtirish va mintaqalararo savdo yo‘laklarini kengaytirishga qaratilayotganini ko‘rsatadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260802/russia-investitsiyalar-59434393.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/06/42806638_1:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_b218c1c72dd8f448d6075e6cf7377bfc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), iqtisod, yeoii, transport, metallurgiya, energetika
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), iqtisod, yeoii, transport, metallurgiya, energetika
Neft qazib olish, Xitoyga yangi ko‘prik va kema zavodi: "Yevroosiyo" loyihalari
YeOTB monitoringida O‘zbekiston va YeOIIdagi yirik transport, sanoat hamda energetika loyihalari haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda transport, sanoat va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot bankining yangi monitoringida
ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda O‘zmetkombinatning 839 mln dollarlik issiqlayin prokat majmuasi ishga tushirildi. Shuningdek, Urganch—Xiva o‘rtasidagi 120 mln dollarlik pulli yo‘lni ochish va Yangiyo‘l tumanida 370 mln dollarlik logistika markazini kengaytirish rejalashtirilgan.
Qozog‘istonda Quriq portida qariyb 1 mlrd dollarlik ko‘p funksiyali terminal quriladi. Birinchi bosqich yiliga 15 mln tonna yukka xizmat ko‘rsatadi, yakuniy quvvat esa 25 mln tonnaga yetkaziladi.
"Xorgos — Sharqiy darvoza"dagi terminal xizmati ko‘rsatish quvvati 540 mingdan 800 ming standart konteynerga oshirildi.
Tengiz konidagi kengaytirish ishlari yakunlangach, 2026-yilda neft qazib olishni 40 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Mang‘istau viloyatida esa kamida 267 mln dollarlik kemasozlik zavodini qurish taklif etilmoqda. Korxona yiliga sakkiztagacha kema ishlab chiqarishi mumkin.
Rossiyada 300 MVt quvvatli Novolak shamol elektr stansiyasi to‘liq ishga tushirildi. Rossiya va Xitoy Jalinda—Moxe avtomobil-temir yo‘l ko‘prigining asosiy parametrlarini kelishib olmoqchi. Ushbu yo‘nalish Yakutiyadan Xitoyga yuk yetkazish masofasini 2 ming kilometrdan ko‘proqqa qisqartirishi kutilmoqda.
Rossiya dengiz portlarining yuk aylanmasi ham o‘sishga qaytdi. 2026-yilning birinchi yarmida ko‘rsatkich qariyb 6 foizga oshib, 452 mln tonnaga yetdi va o‘tgan yilgi pasayishni qopladi.
Eksport yuklari 6 foiz, kabotaj tashuvlari 22 foizdan ziyod oshdi, tranzit esa 6 foizga kamaydi. Quruq yuklar hajmi 9 foiz o‘sib, 224 mln tonnadan oshdi.
Qirg‘izistonning "Eldik bank"i va Xitoy Davlat taraqqiyot banki 1 mlrd yuan (qariyib 150 mln dollar)lik kredit bitimini imzoladi. Mablag‘lar infratuzilma, yashil energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi kichik va o‘rta biznes loyihalariga yo‘naltiriladi.
Monitoring Yevroosiyoda asosiy e’tibor yangi transport quvvatlarini yaratish, sanoatni mahalliylashtirish va mintaqalararo savdo yo‘laklarini kengaytirishga qaratilayotganini ko‘rsatadi.