https://oz.sputniknews.uz/20260804/ai-soliq-platforma-59485000.html
Soliq qo‘mitasi "AI SOLIQ"ni ishga tushirdi: platforma tadbirkorlarga qanday foyda beradi?
Soliq qo‘mitasi "AI SOLIQ"ni ishga tushirdi: platforma tadbirkorlarga qanday foyda beradi?
Sputnik O‘zbekiston
AI SOLIQ platformasida "AI Korxona", "AI Imtiyoz" va "AI Hisobot" xizmatlari ishga tushdi. Ular korxonaning soliq holati, mavjud imtiyozlar, hisobot muddatlari va ehtimoliy xatolar bo‘yicha tavsiyalar beradi.
2026-08-04T15:30+0500
2026-08-04T15:30+0500
2026-08-04T17:42+0500
o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
tadbirkor
korxona
soliq qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59489429_0:257:2730:1793_1920x0_80_0_0_c9867aa0b25c93ffd77fdf1c73efc2f4.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan AI SOLIQ yagona raqamli platformasini ishga tushirdi. Bu haqda poytaxtda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Ta’kidlanishicha, yangi platforma tadbirkorlar, buxgalterlar va tashkilot rahbarlariga soliq ma’lumotlarini bir necha soniya ichida tahlil qilish, soliq reytingi, amaldagi imtiyozlar, hisobotlar hamda boshqa soliq masalalari bo‘yicha tezkor va ishonchli ma’lumot olish imkonini beradi. Barcha xizmatlar chat formatida ishlaydi.Hozirda platforma tarkibida uchta asosiy xizmat — AI Korxona, AI Imtiyoz va AI Hisobot joriy etilgan. Ularning yordamida foydalanuvchilar korxonaning soliq holatini kompleks tahlil qilishi, mavjud soliq imtiyozlarini aniqlashi hamda hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri topshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishi mumkin.Soliq qo‘mitasi raisining sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Elmurodovning ta’kidlashicha, AI SOLIQ boshqa sun’iy intellekt xizmatlaridan rasmiy va ishonchli ma’lumotlar bazasiga tayanishi bilan farq qiladi.Matbuot anjumanida Soliq qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti direktori Farrux Ahmadjonov ham platformaning imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AI SOLIQ soliq to‘lovchilar uchun vaqt va mablag‘ni tejash, ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish hamda soliqqa oid ma’lumotlarni bir joyning o‘zida olish imkonini yaratadi.Ma’lum qilinishicha, yaqin vaqtda platforma imkoniyatlari yanada kengaytirilib, AI Murojaatlar va AI Yordamchi xizmatlari ham ishga tushiriladi.Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, AI SOLIQ platformasining ishga tushirilishi soliq tizimini raqamli transformatsiya qilishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, davlat xizmatlarining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260401/soliq-kredit-qarzlar-undirish-osonlashish-56635955.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59489429_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_f574911dcfd7b1d6ecf5ad1fa41c308e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tadbirkor, korxona, soliq qo‘mitasi
o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tadbirkor, korxona, soliq qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasi "AI SOLIQ"ni ishga tushirdi: platforma tadbirkorlarga qanday foyda beradi?
15:30 04.08.2026 (yangilandi: 17:42 04.08.2026) AI SOLIQ korxona holati, imtiyoz va hisobotlarni rasmiy baza asosida tahlil qilib, aniqlangan muammolarga yechim taklif etadi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan AI SOLIQ yagona raqamli platformasini ishga tushirdi. Bu haqda poytaxtda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ta’kidlanishicha, yangi platforma tadbirkorlar, buxgalterlar va tashkilot rahbarlariga soliq ma’lumotlarini bir necha soniya ichida tahlil qilish, soliq reytingi, amaldagi imtiyozlar, hisobotlar hamda boshqa soliq masalalari bo‘yicha tezkor va ishonchli ma’lumot olish imkonini beradi. Barcha xizmatlar chat formatida ishlaydi.
Hozirda platforma tarkibida uchta asosiy xizmat — AI Korxona, AI Imtiyoz va AI Hisobot joriy etilgan. Ularning yordamida foydalanuvchilar korxonaning soliq holatini kompleks tahlil qilishi, mavjud soliq imtiyozlarini aniqlashi hamda hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri topshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishi mumkin.
Soliq qo‘mitasi raisining sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Elmurodovning ta’kidlashicha, AI SOLIQ boshqa sun’iy intellekt xizmatlaridan rasmiy va ishonchli ma’lumotlar bazasiga tayanishi bilan farq qiladi.
"Bugungi kunda ChatGPT va Gemini kabi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish keng ommalashgan. AI SOLIQ platformasining asosiy afzalligi shundaki, undagi ma’lumotlar umumiy manbalardan emas, balki Soliq qo‘mitasining rasmiy axborot bazasidan shakllantiriladi. Shu bois foydalanuvchilar ushbu tizim orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarga yuqori darajada ishonishi, soliq to‘lovlari va hisobotlar bilan bog‘liq masalalarni tezkor hamda ishonchli hal qilishi mumkin", — dedi Alisher Elmurodov.
Matbuot anjumanida Soliq qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti direktori Farrux Ahmadjonov ham platformaning imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AI SOLIQ soliq to‘lovchilar uchun vaqt va mablag‘ni tejash, ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish hamda soliqqa oid ma’lumotlarni bir joyning o‘zida olish imkonini yaratadi.
"Tizim soliq to‘lovchining qarzdorligi, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumot beradi. Shu ma’noda u raqamli maslahatchi vazifasini ham bajaradi. Platforma nafaqat fuqarolar va tadbirkorlar, balki soliq organlari xodimlari uchun ham katta qulaylik yaratadi. Ilgari ko‘p vaqt talab qilgan jarayonlar endilikda ancha qisqa vaqtda bajariladi", — dedi Farrux Ahmadjonov.
Ma’lum qilinishicha, yaqin vaqtda platforma imkoniyatlari yanada kengaytirilib, AI Murojaatlar va AI Yordamchi xizmatlari ham ishga tushiriladi.
Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, AI SOLIQ platformasining ishga tushirilishi soliq tizimini raqamli transformatsiya qilishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, davlat xizmatlarining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.