https://oz.sputniknews.uz/20260803/trump-iran-zarba-bekor-qilish-59447324.html
Saudiya Arabistonining ogohlantirishidan so‘ng Tramp Eronga zarbani bekor qildi
Saudiya Arabistonining ogohlantirishidan so‘ng Tramp Eronga zarbani bekor qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tramp Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA rahbarlarining ogohlantirishlaridan so‘ng Eronga rejalashtirilgan zarbani bekor qildi. Er-Riyod eskalatsiya Fors ko‘rfazi va jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishini aytgan.
2026-08-03T10:56+0500
2026-08-03T10:56+0500
2026-08-03T10:56+0500
dunyo yangiliklari
aqsh – eron mojarosi
donald tramp
qatar
kuvayt
neft
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/03/59447143_0:46:2613:1516_1920x0_80_0_0_99abfe1e4c1ed90f17d6c649cebd4a9b.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi boshqa ittifoqchilarining ogohlantirishlaridan so‘ng Eronga rejalashtirilgan yangi zarbani bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari yakshanba kuni Ikkinchi jahon urushidan buyongi eng yirik hujumni amalga oshirishga tayyor turgan.Amerika rahbari jurnalistlarga Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA yangi zarba o‘rniga kelishuvga erishishni ma’qul ko‘rganini aytdi. Trampning o‘zi Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlarining pozitsiyasi uning qaroriga jiddiy ta’sir qilganini tan olgan.AP yozishicha, Muhammad bin Salmon Tramp bilan telefon muloqotida yangi hujum mintaqadagi mojaroni yanada kengaytirishi mumkinligini ta’kidlagan.Er-Riyodning xavotiriga ko‘ra, AQShning yangi zarbalariga javoban Eron Fors ko‘rfazidagi Amerika ittifoqchilariga hujum qilishi mumkin. Bunday eskalatsiya neft yetkazib berish, dengiz qatnovi va jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi ehtimoli bor.Saudiya tomoni Qirollik, BAA va Qatar ehtimoliy hujumlardan o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega ekanini bildirgan. Biroq Iroqdagi Eron tarafdori bo‘lgan qurolli tuzilmalar hujumiga Kuvayt nisbatan zaifroq bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.Tramp Muhammad bin Salmondan zarba yoki kelishuvdan qaysi birini ma’qul ko‘rishini so‘ragan. AQSh prezidentining aytishicha, Fors ko‘rfazi rahbarlari hujumning keyingi oqibatlarini oldindan bilib bo‘lmasligi sababli muzokaralarni tanlagan.Kutilayotgan kelishuv doirasida Ormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini tiklash, mintaqadagi hujumlarni to‘xtatish va AQSh—Eron muzokaralarini qayta boshlash masalalari muhokama qilinmoqda.Eron tomoni esa Ormuz bo‘g‘ozi 28-fevralgacha bo‘lgan holatiga to‘liq qaytmasligini ma’lum qildi. Tehron hozircha bo‘g‘ozni to‘liq ochish emas, Omon bilan birgalikda kemalar qatnovining yangi tartibini muhokama qilayotganini bildirgan.Tramp Eronga zarbani bekor qilganidan so‘ng jahon bozorida neft narxi 5 foizdan ziyod pasaydi. Brent nefti bir barrel uchun 83,44 dollargacha arzonlashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260731/eron-aqshning-bahrayn-va-quvaytdagi-harbiy-bazalariga-zarba-berdi-59399574.html
qatar
kuvayt
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/03/59447143_146:0:2469:1742_1920x0_80_0_0_9f8ef387b736326702effcd1c1b26235.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, donald tramp, qatar, kuvayt, neft
dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, donald tramp, qatar, kuvayt, neft
Saudiya Arabistonining ogohlantirishidan so‘ng Tramp Eronga zarbani bekor qildi
Saudiya Arabistoni yangi hujum mintaqaviy mojaroni kuchaytirishi va jahon iqtisodiyotiga og‘ir zarba bo‘lishidan jiddiy ogohlantirdi
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi boshqa ittifoqchilarining ogohlantirishlaridan so‘ng Eronga rejalashtirilgan yangi zarbani bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari yakshanba kuni Ikkinchi jahon urushidan buyongi eng yirik hujumni amalga oshirishga tayyor turgan.
Biroq u Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Qatar amiri va BAA prezidenti bilan muloqotdan keyin diplomatik kelishuvga yana vaqt berishga qaror qilgan.
Amerika rahbari jurnalistlarga Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA yangi zarba o‘rniga kelishuvga erishishni ma’qul ko‘rganini aytdi. Trampning o‘zi Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlarining pozitsiyasi uning qaroriga jiddiy ta’sir qilganini tan olgan.
AP yozishicha, Muhammad bin Salmon Tramp bilan telefon muloqotida yangi hujum mintaqadagi mojaroni yanada kengaytirishi mumkinligini ta’kidlagan.
Er-Riyodning xavotiriga ko‘ra, AQShning yangi zarbalariga javoban Eron Fors ko‘rfazidagi Amerika ittifoqchilariga hujum qilishi mumkin. Bunday eskalatsiya neft yetkazib berish, dengiz qatnovi va jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi ehtimoli bor.
Saudiya tomoni Qirollik, BAA va Qatar ehtimoliy hujumlardan o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega ekanini bildirgan. Biroq Iroqdagi Eron tarafdori bo‘lgan qurolli tuzilmalar hujumiga Kuvayt nisbatan zaifroq bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Tramp Muhammad bin Salmondan zarba yoki kelishuvdan qaysi birini ma’qul ko‘rishini so‘ragan. AQSh prezidentining aytishicha, Fors ko‘rfazi rahbarlari hujumning keyingi oqibatlarini oldindan bilib bo‘lmasligi sababli muzokaralarni tanlagan.
Kutilayotgan kelishuv doirasida Ormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini tiklash, mintaqadagi hujumlarni to‘xtatish va AQSh—Eron muzokaralarini qayta boshlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Buning evaziga Vashington Eronga qarshi dengiz blokadasini bekor qilishi va mamlakatga neft eksportini qayta boshlash imkonini berishi mumkin.
Eron tomoni esa Ormuz bo‘g‘ozi 28-fevralgacha bo‘lgan holatiga to‘liq qaytmasligini ma’lum qildi. Tehron hozircha bo‘g‘ozni to‘liq ochish emas, Omon bilan birgalikda kemalar qatnovining yangi tartibini muhokama qilayotganini bildirgan.
Tramp Eronga zarbani bekor qilganidan so‘ng jahon bozorida neft narxi 5 foizdan ziyod pasaydi. Brent nefti bir barrel uchun 83,44 dollargacha arzonlashdi.