Tohirjonova Ispaniyada ayol shaxmatchilar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi

© Federatsiya shaxmat UzbekistanaGulrux Toxirjonova zanyala pervoe mesto sredi shaxmatistok v Ispanii
Gulrux Toxirjonova zanyala pervoe mesto sredi shaxmatistok v Ispanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Obuna bo‘lish
Gulruhbegim Tohirjonova 9 turda 6 ochko jamg‘arib, 353 shaxmatchi qatnashgan xalqaro musobaqada ayollar orasida birinchi bo‘ldi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik xalqaro master Gulruhbegim Tohirjonova Ispaniyadagi Granada Chess Open 2026 xalqaro turnirida ayollar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shaxmatchi 9 turda 6 ochko jamg‘arib, umumiy hisobda 37-o‘rinni egalladi. U musobaqani 43-raqamli ishtirokchi sifatida boshlagan edi. Tohirjonova turnirda to‘rtta g‘alaba, to‘rtta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etdi.
Jumladan, u turnir g‘olibi, hindistonlik grossmeyster Bxarat Subramaniyam, shuningdek, fransiyalik grossmeyster Pyer Loran-Paoli bilan durang o‘ynadi. Subramaniyam musobaqani 7,5 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi.
Raqiblar reytingi va qayd etilgan natijalardan kelib chiqqan dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, Tohirjonova xalqaro reytingini qariyb 9,1 punktga oshirishi mumkin. Rasmiy reyting o‘zgarishi FIDE tomonidan natijalar hisobga olinganidan keyin e’lon qilinadi.
Granada Chess Open 28-iyuldan 2-avgustgacha Granada shahrida o‘tkazildi. To‘qqiz turdan iborat musobaqada 48 shaxmat federatsiyasidan 353 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida 11 nafar grossmeyster va 30 nafar xalqaro master bor edi.
Turnir klassik shaxmat bo‘yicha o‘tkazilib, har bir ishtirokchiga partiya uchun 90 daqiqa va har bir yurishga qo‘shimcha 30 soniya berildi. Musobaqa FIDE reytingi hamda xalqaro grossmeyster va master normalarini bajarish uchun hisobga olinadi.
Afruza Xamdamova stala vitse-chempionskoy Azii po shaxmatam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2026
Afruza Hamdamova shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0