https://oz.sputniknews.uz/20260730/tashkent-stalin-ampir-59373584.html
Toshkentda "Stalin ampiri": shahar qiyofasini yaratgan binolar
Toshkentda "Stalin ampiri": shahar qiyofasini yaratgan binolar
Sputnik O‘zbekiston
Baland ustunlar va milliy naqshlar bilan ajralib turuvchi 1930–1950-yillar me’morchiligi hanuz Toshkent qiyofasini belgilaydi. Akademik Marina Borodina Navoiy shohko‘chasi ansambli va boshqa mashhur binolarda Yevropa klassikasi bilan milliy bezaklar qanday uyg‘unlashganini tushuntirdi
2026-07-30T19:38+0500
2026-07-30T19:38+0500
2026-07-30T20:52+0500
toshkent
foto
tarixiy yodgorlik
qurilish
stalin
sssr
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59355677_0:80:1536:944_1920x0_80_0_0_086223f4b389b0561a137cb1315c4048.png
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik, Bahrom Hatamov. Me’morchilik har bir davrning go‘zallik, tartib va kelajak haqidagi tasavvurlarini o‘zida saqlaydi. Sovet shaharsozligining eng taniqli yo‘nalishlaridan biri Stalin ampiri bo‘ldi. Akademik klassitsizm shakllariga asoslangan bu tantanavor uslub davlatning badiiy va siyosiy tili vazifasini ham bajardi.Uslub 1930-yillarda shakllana boshlab, urushdan keyingi davrda yuksalish cho‘qqisiga yetdi. Qat’iy simmetriya, yirik ustunlar, salobatli peshtoqlar, keng zinapoyalar, mustahkam karnizlar va hashamatli kirish qismlari uning asosiy belgilari edi. Bino faqat amaliy vazifani bajarishi emas, balki barqarorlik, tartib va ijtimoiy ahamiyat tuyg‘usini ham uyg‘otishi kerak edi."Chuqur peshayvonlar, balkonlar va soyali galereyalar binolarni nafaqat bezatgan, balki ularni issiq iqlim sharoitiga moslashtirishga ham xizmat qilgan. Navoiy ko‘chasidagi turar joy binolarini loyihalashtirgan me’mor Leonid Georgiyevich Karash zamonaviy me’morchilikka erkerlarni olib kirdi. Ular binolarga an’anaviy me’morchilikka xos o‘ziga tanish romantik qiyofa baxsh etdi".Alisher Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab ayniqsa yaxlit me’moriy ansambl shakllandi. Bu yerda mahobatli jamoat binolari turar joylar, ta’lim muassasalari va ma’muriy inshootlar bilan yonma-yon qad rostladi. Vazifasi turlicha bo‘lsa-da, ularni mutanosib hajmlar, tantanavor kirish qismlari va puxta ishlangan bezaklar birlashtirib turadi.Dastlabki namunalardan biri — "Krasnaya Zarya" fabrikasi tikuvchilari uchun qurilgan madaniyat saroyidir. Bino 1936-yilda me’mor V. Skornyakov loyihasi asosida barpo etilgan. Keyinchalik u Indira Gandi nomi bilan atalgan, bugun esa O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi sifatida ma’lum. Uning tarixi Toshkentning bir necha avlodi madaniy hayoti bilan bog‘liq.Navoiy shohko‘chasi ansambliga Markaziy telegraf binosi ham kiradi. U N. Bruxanov loyihasi asosida qurilgan bo‘lib, rasmiy manbalarda 1940-yil ko‘rsatiladi. Salobatli portal, yarim ustunlar va peshtoqning qat’iy ritmi inshootning nufuzli xususiyatini ta’kidlaydi. Bugun bino aloqa sohasi tuzilmalari tomonidan foydalanilmoqda.1940 yilda Stefan Polupanov loyihasi bo‘yicha Toshkent viloyati ijroiya qo‘mitasi uchun yirik bino qurildi. Turli davrlarda bu yerda Estrada teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, O‘zbekiston Yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyat ko‘rsatdi. Shu tariqa ma’muriy inshoot shaharning muhim madaniy makonlaridan biriga aylandi.Hadra maydonidagi burchak binosi ham shaharning e’tiborli me’moriy dominantalaridan sanaladi. U 1947-yilda me’mor A. A. Muhamedshin loyihasi asosida Tog‘-kon texnikumi yotoqxonasi sifatida qurilgan. Ustunli chuqur peshtoq, bir-birining ustida joylashgan balkonlar va sharqona ravoqlar binoga Navoiy va Furqat ko‘chalari kesishmasini ko‘z bilan "ushlab turish" imkonini beradi. Hozir bu yerda "O‘zkimosanoat" aksiyadorlik jamiyati joylashgan.Mstislav Markovich nnomidagi klinik sanatoriy Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 39-uyda joylashgan. Muassasa tarixi 1926-yildan, bu yerda fizioterapiya shifoxonasi ochilgan davrdan boshlanadi.Uning asoschisi Toshkentda fizioterapiya rivojiga asos solgan shifokor-nevrolog Mstislav Markovich edi. 2005-yilda sanatoriy binosi to‘liq qayta qurildi. Yangilangan me’moriy qiyofa portik va bezakli barelyeflar bilan boyitildi.Alisher Navoiy shohko‘chasi, 16-uyda joylashgan turar joy binosida O‘zbekiston Milliy matbuot markazi faoliyat yuritadi. Bino 1944–1946 yillarda me’mor Mitxat Bulatov loyihasi asosida qurilgan bo‘lib, Navoiy shohko‘chasi me’moriy ansamblining bir qismi hisoblanadi. Rasmiy manbalarda uning qurilgan yili sifatida 1944-yil ham ko‘rsatiladi. Ushbu bino Toshkentning urush va urushdan keyingi ilk davr me’morchiligiga mansub.Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi 1938-yilda me’mor A. I. Pavlov loyihasi asosida qurilgan. Bino qiyofasida konstruktivizm va stalin davri me’morchiligi xususiyatlari uyg‘unlashgan: fasad ganchkor bezaklar va guldonlar bilan pardozlangan, dastlab kirish qismi oldida haykallar o‘rnatilgan.Binoda konsert zali, kinoteatr, kutubxonalar hamda O‘zbekiston temir yo‘llari tarixi muzeyi joylashgan. 1979–1980 yillarda u me’mor V. I. Piskarov rahbarligida rekonstruksiya qilingan.Qariyb 90-yil davomida saroy konsertlar va ijodiy to‘garaklar o‘tkaziladigan madaniy markaz bo‘lib qolmoqda.Matbuot uyi Toshkent shahri, Alisher Navoiy shohko‘chasi, 30-uyda joylashgan. Bino 1959-yilda foydalanishga topshirilgan. U 1957-yildayoq gazeta-jurnal kombinati sifatida qurila boshlangan. Keyinchalik bu yerda O‘zbekiston SSR Madaniyat vazirligi, nashriyotlar, tahririyatlar hamda ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasiga aloqador boshqa tashkilotlar faoliyat yuritgan.Toshkent kimyo-texnologiya instituti binosi Alisher Navoiy shohko‘chasi, 32-uyda — sobiq Hamza teatrining o‘ng tomonida joylashgan. Bugungi kunda bu yerda Toshkent kimyo-texnologiya institutining o‘quv korpusi faoliyat yuritadi. Bino 1935–1940 yillarda qurilgan bo‘lib, Toshkentning urushgacha bo‘lgan davr me’moriy yodgorligi sifatida tarixiy-me’moriy obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan.Toshkent kimyo-texnologiya instituti binosi old tomonining ko‘rinishi.O‘rdada — Alisher Navoiy shohko‘chasi va Anhor bo‘yi kesishmasida joylashgan "O‘zgiprovodxoz" institutining burchak binosi 1950-yillarning birinchi yarmida qurilgan.XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab institut O‘zbekiston suv xo‘jaligining muhim ilmiy-loyihalash majmualaridan biri bo‘lib, suv xo‘jaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari va gidrotexnik inshootlarni loyihalash bilan shug‘ullangan."Sredazugol" boshqarmasi binosi 1937-yilda me’mor A. Sidorov loyihasi asosida qurilgan. U rivojlanayotgan ko‘mir sanoatining ma’muriy ramzi sifatida loyihalashtirilgan.Bino me’morchiligi ortiqcha bezaklardan xoli bo‘lsa-da, mahobatliligi bilan ajralib turadi. Pog‘onali kompozitsiya, mutanosiblik va derazalarning qat’iy maromi unga vazmin hamda salobatli qiyofa baxsh etgan. Binoda ma’muriy inshootga xos funksionallik va lo‘nda tantanavorlik uyg‘unlashgan.Mustaqillik shohko‘chasining boshida, sobiq Pushkin ko‘chasida joylashgan bino 1940-yilda me’morlar V. Volchek va B. Larionov loyihasi asosida qurilgan. Uning fasadi stalincha neoklassitsizm uslubida ishlangan bo‘lib, ustunlar, ganchkor bezaklar va chiroqli obelisklar bilan bezatilgan.Dastlab bino O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasining shahar qo‘mitasi uchun mo‘ljallangan. Keyinchalik bu yerda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, "Pioner Vostoka" gazetasi tahririyati, "Daewoo Unitel" va "Daewoo Bank" ofislari joylashgan. Bir necha yil qarovsiz qolgan madaniy meros obyektida 2025-yil kuzida rekonstruksiya ishlari boshlangan.Abay ko‘chasi va Alisher Navoiy shohko‘chasi kesishmasida 1950-yilda qurilgan uch qavatli turar joy binosi me’moriy yodgorlik sifatida e’tirof etilgan va davlat muhofazasiga olingan.Toshkentdagi Navoiy ko‘chasida joylashgan "Chirchiqqurilish" tresti boshqarmasi binosi 1950-yilda me’mor V. Arxangelskiy loyihasi asosida qurilgan.Bugun bu inshootlar faqat o‘tmishdagi davlat mafkurasining ramzi sifatida qabul qilinmaydi. Ular Toshkentning kundalik qiyofasi, shahar aholisi uchun tanish manzillar, ish, ta’lim va madaniyat maskanlariga aylangan. Ularning qimmati siyosiy tarix, badiiy izlanishlar, qurilish texnologiyalari hamda Yevropa klassikasini milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirish tajribasi haqida bir vaqtning o‘zida hikoya qila olishidadir.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59355677_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_fa4e379bae1c8328567d683653b8dffb.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, foto, tarixiy yodgorlik, qurilish, stalin, sssr, o‘zbekiston
toshkent, foto, tarixiy yodgorlik, qurilish, stalin, sssr, o‘zbekiston
Toshkentda "Stalin ampiri": shahar qiyofasini yaratgan binolar
19:38 30.07.2026 (yangilandi: 20:52 30.07.2026) Eksklyuziv
1930–1950-yillarda qurilgan ustunli, ravoq va milliy naqshlar bilan bezatilgan binolar hanuz Toshkent qiyofasini belgilaydi. Akademik Marina Borodina ularning o‘ziga xosligini sharhladi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik, Bahrom Hatamov. Me’morchilik har bir davrning go‘zallik, tartib va kelajak haqidagi tasavvurlarini o‘zida saqlaydi. Sovet shaharsozligining eng taniqli yo‘nalishlaridan biri Stalin ampiri bo‘ldi. Akademik klassitsizm shakllariga asoslangan bu tantanavor uslub davlatning badiiy va siyosiy tili vazifasini ham bajardi.
Uslub 1930-yillarda shakllana boshlab, urushdan keyingi davrda yuksalish cho‘qqisiga yetdi. Qat’iy simmetriya, yirik ustunlar, salobatli peshtoqlar, keng zinapoyalar, mustahkam karnizlar va hashamatli kirish qismlari uning asosiy belgilari edi. Bino faqat amaliy vazifani bajarishi emas, balki barqarorlik, tartib va ijtimoiy ahamiyat tuyg‘usini ham uyg‘otishi kerak edi.
"Toshkentda bu yo‘nalish o‘ziga xos xususiyat kasb etdi. Bu yerda klassik kompozitsiyalar Markaziy Osiyo me’morchiligi usullari bilan uyg‘unlashtirildi. Fasadlarni bezashda nayzasimon ravoqlar, naqshinkor panjaralar, ganch o‘ymakorligi, muqarnaslar, mayolika va an’anaviy ayvonlarga xos unsurlardan foydalanilgan", — deydi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, haykaltarosh va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professori Marina Borodina.
"Chuqur peshayvonlar, balkonlar va soyali galereyalar binolarni nafaqat bezatgan, balki ularni issiq iqlim sharoitiga moslashtirishga ham xizmat qilgan. Navoiy ko‘chasidagi turar joy binolarini loyihalashtirgan me’mor Leonid Georgiyevich Karash zamonaviy me’morchilikka erkerlarni olib kirdi. Ular binolarga an’anaviy me’morchilikka xos o‘ziga tanish romantik qiyofa baxsh etdi".
Alisher Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab ayniqsa yaxlit me’moriy ansambl shakllandi. Bu yerda mahobatli jamoat binolari turar joylar, ta’lim muassasalari va ma’muriy inshootlar bilan yonma-yon qad rostladi. Vazifasi turlicha bo‘lsa-da, ularni mutanosib hajmlar, tantanavor kirish qismlari va puxta ishlangan bezaklar birlashtirib turadi.
Dastlabki namunalardan biri — "Krasnaya Zarya" fabrikasi tikuvchilari uchun qurilgan madaniyat saroyidir. Bino 1936-yilda me’mor V. Skornyakov loyihasi asosida barpo etilgan. Keyinchalik u Indira Gandi nomi bilan atalgan, bugun esa O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi sifatida ma’lum. Uning tarixi Toshkentning bir necha avlodi madaniy hayoti bilan bog‘liq.
Navoiy shohko‘chasi ansambliga Markaziy telegraf binosi ham kiradi. U N. Bruxanov loyihasi asosida qurilgan bo‘lib, rasmiy manbalarda 1940-yil ko‘rsatiladi. Salobatli portal, yarim ustunlar va peshtoqning qat’iy ritmi inshootning nufuzli xususiyatini ta’kidlaydi. Bugun bino aloqa sohasi tuzilmalari tomonidan foydalanilmoqda.
1940 yilda Stefan Polupanov loyihasi bo‘yicha Toshkent viloyati ijroiya qo‘mitasi uchun yirik bino qurildi. Turli davrlarda bu yerda Estrada teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, O‘zbekiston Yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyat ko‘rsatdi. Shu tariqa ma’muriy inshoot shaharning muhim madaniy makonlaridan biriga aylandi.
Hadra maydonidagi burchak binosi ham shaharning e’tiborli me’moriy dominantalaridan sanaladi. U 1947-yilda me’mor A. A. Muhamedshin loyihasi asosida Tog‘-kon texnikumi yotoqxonasi sifatida qurilgan. Ustunli chuqur peshtoq, bir-birining ustida joylashgan balkonlar va sharqona ravoqlar binoga Navoiy va Furqat ko‘chalari kesishmasini ko‘z bilan "ushlab turish" imkonini beradi. Hozir bu yerda "O‘zkimosanoat" aksiyadorlik jamiyati joylashgan.
Mstislav Markovich nnomidagi klinik sanatoriy Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 39-uyda joylashgan. Muassasa tarixi 1926-yildan, bu yerda fizioterapiya shifoxonasi ochilgan davrdan boshlanadi.
Uning asoschisi Toshkentda fizioterapiya rivojiga asos solgan shifokor-nevrolog Mstislav Markovich edi. 2005-yilda sanatoriy binosi to‘liq qayta qurildi. Yangilangan me’moriy qiyofa portik va bezakli barelyeflar bilan boyitildi.
"Me’morchilik — xotiraning bir shakli. Fasadlar, ravoqlar va ustunlar orqali nafaqat san’at tarixini, balki muayan davrning tartib, go‘zallik va kelajak haqidagi tasavvurlarini ham anglash mumkin", — deydi Marina Borodina.
Alisher Navoiy shohko‘chasi, 16-uyda joylashgan turar joy binosida O‘zbekiston Milliy matbuot markazi faoliyat yuritadi. Bino 1944–1946 yillarda me’mor Mitxat Bulatov loyihasi asosida qurilgan bo‘lib, Navoiy shohko‘chasi me’moriy ansamblining bir qismi hisoblanadi. Rasmiy manbalarda uning qurilgan yili sifatida 1944-yil ham ko‘rsatiladi. Ushbu bino Toshkentning urush va urushdan keyingi ilk davr me’morchiligiga mansub.
Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi 1938-yilda me’mor A. I. Pavlov loyihasi asosida qurilgan. Bino qiyofasida konstruktivizm va stalin davri me’morchiligi xususiyatlari uyg‘unlashgan: fasad ganchkor bezaklar va guldonlar bilan pardozlangan, dastlab kirish qismi oldida haykallar o‘rnatilgan.
Binoda konsert zali, kinoteatr, kutubxonalar hamda O‘zbekiston temir yo‘llari tarixi muzeyi joylashgan. 1979–1980 yillarda u me’mor V. I. Piskarov rahbarligida rekonstruksiya qilingan.
Qariyb 90-yil davomida saroy konsertlar va ijodiy to‘garaklar o‘tkaziladigan madaniy markaz bo‘lib qolmoqda.
"Toshkent ampiri Yevropa klassikasini aynan takrorlashi bilan emas, balki uning mahalliy me’moriy an’analar bilan muloqoti jihatidan qiziqarlidir. Nayzasimon ravoqlar, naqshinkor panjaralar, ganch o‘ymakorligi va milliy bezaklar bu yo‘nalishga o‘ziga xos, oson taniladigan qiyofa baxsh etgan", — deydi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professori.
Matbuot uyi Toshkent shahri, Alisher Navoiy shohko‘chasi, 30-uyda joylashgan. Bino 1959-yilda foydalanishga topshirilgan. U 1957-yildayoq gazeta-jurnal kombinati sifatida qurila boshlangan. Keyinchalik bu yerda O‘zbekiston SSR Madaniyat vazirligi, nashriyotlar, tahririyatlar hamda ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasiga aloqador boshqa tashkilotlar faoliyat yuritgan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti binosi Alisher Navoiy shohko‘chasi, 32-uyda — sobiq Hamza teatrining o‘ng tomonida joylashgan. Bugungi kunda bu yerda Toshkent kimyo-texnologiya institutining o‘quv korpusi faoliyat yuritadi. Bino 1935–1940 yillarda qurilgan bo‘lib, Toshkentning urushgacha bo‘lgan davr me’moriy yodgorligi sifatida tarixiy-me’moriy obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti binosi old tomonining ko‘rinishi.
O‘rdada — Alisher Navoiy shohko‘chasi va Anhor bo‘yi kesishmasida joylashgan "O‘zgiprovodxoz" institutining burchak binosi 1950-yillarning birinchi yarmida qurilgan.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab institut O‘zbekiston suv xo‘jaligining muhim ilmiy-loyihalash majmualaridan biri bo‘lib, suv xo‘jaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari va gidrotexnik inshootlarni loyihalash bilan shug‘ullangan.
"Bugun bu binolarda faqat o‘tmishning siyosiy ramzlarini emas, balki shahar muhitining qimmatli qismini ham ko‘ra bilish muhim. Ularni o‘rganish, asrab-avaylash va tarixiy qiyofasiga zarar yetkazmagan holda zamonaviy hayotga moslashtirish zarur", — deya ta’kidlaydi Marina Borodina.
"Sredazugol" boshqarmasi binosi 1937-yilda me’mor A. Sidorov loyihasi asosida qurilgan. U rivojlanayotgan ko‘mir sanoatining ma’muriy ramzi sifatida loyihalashtirilgan.
Bino me’morchiligi ortiqcha bezaklardan xoli bo‘lsa-da, mahobatliligi bilan ajralib turadi. Pog‘onali kompozitsiya, mutanosiblik va derazalarning qat’iy maromi unga vazmin hamda salobatli qiyofa baxsh etgan. Binoda ma’muriy inshootga xos funksionallik va lo‘nda tantanavorlik uyg‘unlashgan.
Mustaqillik shohko‘chasining boshida, sobiq Pushkin ko‘chasida joylashgan bino 1940-yilda me’morlar V. Volchek va B. Larionov loyihasi asosida qurilgan. Uning fasadi stalincha neoklassitsizm uslubida ishlangan bo‘lib, ustunlar, ganchkor bezaklar va chiroqli obelisklar bilan bezatilgan.
Dastlab bino O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasining shahar qo‘mitasi uchun mo‘ljallangan. Keyinchalik bu yerda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, "Pioner Vostoka" gazetasi tahririyati, "Daewoo Unitel" va "Daewoo Bank" ofislari joylashgan. Bir necha yil qarovsiz qolgan madaniy meros obyektida 2025-yil kuzida rekonstruksiya ishlari boshlangan.
Abay ko‘chasi va Alisher Navoiy shohko‘chasi kesishmasida 1950-yilda qurilgan uch qavatli turar joy binosi me’moriy yodgorlik sifatida e’tirof etilgan va davlat muhofazasiga olingan.
Toshkentdagi Navoiy ko‘chasida joylashgan "Chirchiqqurilish" tresti boshqarmasi binosi 1950-yilda me’mor V. Arxangelskiy loyihasi asosida qurilgan.
"Klassitsizm uchun ansamblli qurilish ayniqsa xosdir. Afsuski, keyinchalik bu tamoyil Toshkent me’moriy kompozitsiyasidan deyarli yo‘qoldi. 1938-yilda me’morlar A. va E. Jmuyda loyihasi asosida bunyod etilgan Pedagogika institutining uch binodan iborat mahobatli majmuasi bunga yorqin misol edi. Asosiy bino markaziy fasadining tantanavor zinapoyasini ikki tomondan “Bilim” va “Ma’rifat” haykaltaroshlik kompozitsiyalari bezab turardi. Biroq yaqinda amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz rekonstruksiya natijasida ushbu asarlar ham, me’moriy ansamblning yaxlitligi ham yo‘qotildi", — deya xulosa qiladi Borodina.
Bugun bu inshootlar faqat o‘tmishdagi davlat mafkurasining ramzi sifatida qabul qilinmaydi. Ular Toshkentning kundalik qiyofasi, shahar aholisi uchun tanish manzillar, ish, ta’lim va madaniyat maskanlariga aylangan. Ularning qimmati siyosiy tarix, badiiy izlanishlar, qurilish texnologiyalari hamda Yevropa klassikasini milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirish tajribasi haqida bir vaqtning o‘zida hikoya qila olishidadir.