https://oz.sputniknews.uz/20260729/uzbekistan-eksport-59348315.html
O‘zbekistonning oltinsiz eksporti 14,4 mlrd dollarga yetdi — eng yirik xaridor Rossiya
O‘zbekistonning oltinsiz eksporti 14,4 mlrd dollarga yetdi — eng yirik xaridor Rossiya
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning oltin hisobga olinmagan eksporti uchun eng yirik bozor bo‘ldi. Rossiyaga eksport 16 foizga oshib, 2,4 mlrd dollarga yetdi.
2026-07-29T14:08+0500
2026-07-29T14:08+0500
2026-07-29T14:08+0500
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
savdo
eksport
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/10/54854171_0:70:1332:819_1920x0_80_0_0_8baf1834e569439d405652c82e5e5255.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning Rossiyaga mahsulot va xizmatlar eksporti 2,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foiz ko‘p. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Rossiyaning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi qariyb 17 foizga teng bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni 2,18 mlrd dollar bilan Xitoy egalladi. Xitoyga eksport bir yilda 51 foizga oshgan.Keyingi o‘rinlarda:— Afg‘oniston — 961 mln dollar, o‘sish 60 foiz;— Qozog‘iston — 715 mln dollar, o‘sish 5 foiz;— Fransiya — 707 mln dollar, o‘sish 56 foiz;— Turkiya — 516 mln dollar, o‘zgarishsiz;— Qirg‘iziston — 453 mln dollar, o‘sish 70 foiz.Eksportda eng katta hajm xizmatlar hissasiga to‘g‘ri keldi — 5,7 mlrd dollar. Shuningdek, to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari eksporti 1,66 mlrd, metallurgiya va tog‘-kon sanoati mahsulotlari 1,3 mlrd, meva-sabzavotlar esa 875 mln dollarni tashkil etdi.Eng yuqori o‘sish zargarlik buyumlari eksportida kuzatildi — uning hajmi 2,85 barobar oshib, 685 mln dollarga yetdi.Shuningdek, eksport geografiyasi yana 7 ta mamlakat hisobiga kengayib, eksport amalga oshirilayotgan davlat va hududlar soni 211 taga yetdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260708/uzbekistan-eaeu-savdo-aylanma-58899869.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/10/54854171_74:0:1258:888_1920x0_80_0_0_84a9a563b16ca5d23d94a97eb6939299.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, savdo, eksport, iqtisod, rossiya, o‘zbekiston
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, savdo, eksport, iqtisod, rossiya, o‘zbekiston
O‘zbekistonning oltinsiz eksporti 14,4 mlrd dollarga yetdi — eng yirik xaridor Rossiya
2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning oltin hisobga olinmagan eksporti 32,2 foizga oshib, 14,4 milliard dollarga yetdi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning Rossiyaga mahsulot va xizmatlar eksporti 2,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foiz ko‘p. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Rossiyaning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi qariyb 17 foizga teng bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni 2,18 mlrd dollar bilan Xitoy egalladi. Xitoyga eksport bir yilda 51 foizga oshgan.
— Afg‘oniston — 961 mln dollar, o‘sish 60 foiz;
— Qozog‘iston — 715 mln dollar, o‘sish 5 foiz;
— Fransiya — 707 mln dollar, o‘sish 56 foiz;
— Turkiya — 516 mln dollar, o‘zgarishsiz;
— Qirg‘iziston — 453 mln dollar, o‘sish 70 foiz.
Umuman, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning oltin hisobga olinmagan eksporti 14,4 mlrd dollarga yetdi. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 32,2 foiz yoki 3,5 milliard dollar ko‘p.
Eksportda eng katta hajm xizmatlar hissasiga to‘g‘ri keldi — 5,7 mlrd dollar. Shuningdek, to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari eksporti 1,66 mlrd, metallurgiya va tog‘-kon sanoati mahsulotlari 1,3 mlrd, meva-sabzavotlar esa 875 mln dollarni tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish zargarlik buyumlari eksportida kuzatildi — uning hajmi 2,85 barobar oshib, 685 mln dollarga yetdi.
Shuningdek, eksport geografiyasi yana 7 ta mamlakat hisobiga kengayib, eksport amalga oshirilayotgan davlat va hududlar soni 211 taga yetdi.