https://oz.sputniknews.uz/20260729/nukus-qozonxona-modernizatsiya-59337874.html
Nukusdagi qozonxona modernizatsiya qilinadi, navbatda yana 4 ta shahar
Nukusdagi qozonxona modernizatsiya qilinadi, navbatda yana 4 ta shahar
Sputnik O‘zbekiston
Davlat-xususiy sheriklik asosida Nukus qozonxonasi kogeneratsiya texnologiyasi bilan yangilanadi. Loyihaga 20 mln dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb qilinib, majmua 2028-yil fevralda to‘liq ishga tushiriladi.
2026-07-29T09:22+0500
2026-07-29T09:22+0500
2026-07-29T10:01+0500
shavkat mirziyoyev
jamiyat
isitish tizimi
uy-joy kommunal xizmati
ko‘p kvartirali uylar
qoraqalpog‘iston
nukus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59337530_0:181:1900:1250_1920x0_80_0_0_eaf80549790dc203ff0c8da6bac38eb8.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi markaziy qozonxonani davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.1976 yilda qurilgan qozonxona hozir asosan ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Unda 1 gigakaloriya issiqlik ishlab chiqarish uchun qariyb 153 kub metr tabiiy gaz va 30 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanadi.Loyiha qozonxonani kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilishni nazarda tutadi. Yangi majmuaning asosiy ko‘rsatkichlari:Shuningdek, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlarning ichki isitish tizimlari tiklanib, zarur gaz va elektr infratuzilmasi yangilanadi.Birinchi bosqichda 136 ta ko‘p qavatli uydagi qariyb 6 ming xonadon, ya’ni 23 ming nafar aholi hamda 40 ta ijtimoiy obyekt markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanadi. Keyingi bosqichlarda Nukusdagi barcha ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini qamrab olish rejalashtirilgan.Dastlabki bosqichga 20 million dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Majmuani 2028-yil fevralda to‘liq ishga tushirish mo‘ljallangan.Modernizatsiya natijasida:Nukusdagi tajriba asosida Buxoro, Samarqand, Urganch va Zarafshon shaharlaridagi qozonxonalarni ham modernizatsiya qilish taklif etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251216/issiqlik-elektr-yangi-stantsiya-54209829.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59337530_0:0:1688:1266_1920x0_80_0_0_d076b1c3059e18431025836f94402ebf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, jamiyat, isitish tizimi, uy-joy kommunal xizmati, ko‘p kvartirali uylar, qoraqalpog‘iston, nukus
shavkat mirziyoyev, jamiyat, isitish tizimi, uy-joy kommunal xizmati, ko‘p kvartirali uylar, qoraqalpog‘iston, nukus
Nukusdagi qozonxona modernizatsiya qilinadi, navbatda yana 4 ta shahar
09:22 29.07.2026 (yangilandi: 10:01 29.07.2026) Birinchi bosqichda Nukusdagi 23 ming aholi hamda 40 ta ijtimoiy obyekt markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olinadi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi markaziy qozonxonani davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
1976 yilda qurilgan qozonxona hozir asosan ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Unda 1 gigakaloriya issiqlik ishlab chiqarish uchun qariyb 153 kub metr tabiiy gaz va 30 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanadi.
Loyiha qozonxonani kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Bu texnologiya bitta yoqilg‘i manbaidan bir vaqtning o‘zida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish, xarajatlar hamda zararli chiqindilarni kamaytirish imkonini beradi.
Yangi majmuaning asosiy ko‘rsatkichlari:
soatiga 34,4 gigakaloriya issiqlik ishlab chiqarish;
21,5 megavatt elektr energiyasi quvvati;
28 kilometr issiqlik tarmog‘ini qurish;
189 ta individual issiqlik punktini o‘rnatish.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlarning ichki isitish tizimlari tiklanib, zarur gaz va elektr infratuzilmasi yangilanadi.
Birinchi bosqichda 136 ta ko‘p qavatli uydagi qariyb 6 ming xonadon, ya’ni 23 ming nafar aholi hamda 40 ta ijtimoiy obyekt markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanadi. Keyingi bosqichlarda Nukusdagi barcha ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Dastlabki bosqichga 20 million dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Majmuani 2028-yil fevralda to‘liq ishga tushirish mo‘ljallangan.
Modernizatsiya natijasida:
qozonxonaning foydali ish koeffitsiyenti 80 foizdan 91 foizga oshadi;
issiqlik ishlab chiqarish hajmi bir necha o‘n barobar ko‘payadi;
yiliga 172 ming megavatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi;
12,2 million kub metr tabiiy gaz tejaladi;
atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar kamayadi.
Nukusdagi tajriba asosida Buxoro, Samarqand, Urganch va Zarafshon shaharlaridagi qozonxonalarni ham modernizatsiya qilish taklif etildi.