https://oz.sputniknews.uz/20260729/kredit-dxx-59359936.html
Toshkentda 3,5 mln dollarlik kredit uchun 420 ming dollar talab qilganlar ushlandi
Toshkentda 3,5 mln dollarlik kredit uchun 420 ming dollar talab qilganlar ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 3,5 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratib berish evaziga 420 ming dollar talab qilgan ikki kishi ushlandi. Ular 50 ming dollar avans olayotganda qo‘lga tushgan.
2026-07-29T17:09+0500
2026-07-29T17:09+0500
2026-07-29T17:18+0500
bank
jinoyat
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
kredit
jamiyat
tergov
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59359732_0:112:920:630_1920x0_80_0_0_72697d63aac55fe9d7c0d2ad11b159fc.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Toshkentda 3,5 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratib berish evaziga 420 ming dollar talab qilgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.DXX ma’lumotiga ko‘ra, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi Yangiyo‘l tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan til biriktirgan.Buning evaziga kredit summasining 12 foizi — 420 ming dollar talab qilingan. Gumonlanuvchilar pulning 50 ming dollarini oldindan olayotgan vaqtda DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260223/yunusobod-er-sotuv-ushlanish-55884689.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59359732_0:127:920:817_1920x0_80_0_0_0cddf0002a5df9f1f3ebc3aa22d10912.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bank, jinoyat, davlat xavfsizlik xizmati (dxx), kredit, jamiyat, tergov, toshkent
bank, jinoyat, davlat xavfsizlik xizmati (dxx), kredit, jamiyat, tergov, toshkent
Toshkentda 3,5 mln dollarlik kredit uchun 420 ming dollar talab qilganlar ushlandi
17:09 29.07.2026 (yangilandi: 17:18 29.07.2026) Toshkentda imtiyozli kredit ajratib berishni va’da qilgan ikki kishi 50 ming dollar olayotgan vaqtda ushlandi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Toshkentda 3,5 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratib berish evaziga 420 ming dollar talab qilgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati
xabar berdi.
DXX ma’lumotiga ko‘ra, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi Yangiyo‘l tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan til biriktirgan.
Ular tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga uning nomiga 3,5 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga kredit summasining 12 foizi — 420 ming dollar talab qilingan. Gumonlanuvchilar pulning 50 ming dollarini oldindan olayotgan vaqtda DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.