YeOII tashqi bozorlardagi yangi savdo to‘siqlarini oldindan aniqlamoqchi
YeOII tashqi bozorlardagi yangi savdo to‘siqlarini oldindan aniqlamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
YeIK tashqi bozorlarda texnik va sanitariya talablaridagi o‘zgarishlarni diplomatik vakolatxonalar orqali erta aniqlashni taklif qildi. Bu eksportchilarni yangi cheklovlarga oldindan tayyorlashga yordam beradi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da mahsulot xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablar ichki savdoni yengillashtirish va tashqi bozorlardagi to‘siqlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha vaziri Aleksandr Subbotin Minskdagi seminarda ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, YeOIIdagi yagona qoidalar oziq-ovqat, bolalar tovarlari, yengil sanoat mahsulotlari, mashinalar, elektrotexnika, transport vositalari, neft va gaz kabi tovarlarning asosiy qismini qamrab oladi.Vazir sanitariya, veterinariya va fitosanitariya choralari bir tomondan aholi va bozorni himoya qilishi, ikkinchi tomondan esa asossiz savdo chekloviga aylanib qolmasligi kerakligini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik tarqalishi, karantin obyekti yoki xavfli mahsulot aniqlangan taqdirda davlatlar tezkor chora ko‘rishi shart. Biroq bunday cheklovlar xavf darajasiga mutanosib va asoslangan bo‘lishi lozim.Subbotin Belarus diplomatik vakolatxonalarining imkoniyatlaridan tashqi bozorlarda texnik talablar va sanitariya qoidalaridagi o‘zgarishlarni erta aniqlash uchun foydalanishni taklif qildi.YeIK ma’lumotiga ko‘ra, bu masala Belarus uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega: mamlakatning 2025-yildagi tashqi savdo aylanmasi qariyb 90 mlrd dollarni tashkil etgan.
YeIK tashqi bozorlarda texnik va sanitariya talablaridagi o‘zgarishlarni diplomatik vakolatxonalar orqali oldindan kuzatishni taklif qildi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da mahsulot xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablar ichki savdoni yengillashtirish va tashqi bozorlardagi to‘siqlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha vaziri Aleksandr Subbotin Minskdagi seminarda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, YeOIIdagi yagona qoidalar oziq-ovqat, bolalar tovarlari, yengil sanoat mahsulotlari, mashinalar, elektrotexnika, transport vositalari, neft va gaz kabi tovarlarning asosiy qismini qamrab oladi.
"Tovarlar va ular bilan bog‘liq jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash texnik jihatdan tartibga solishning asosiy maqsadidir", — dedi Subbotin.
Vazir sanitariya, veterinariya va fitosanitariya choralari bir tomondan aholi va bozorni himoya qilishi, ikkinchi tomondan esa asossiz savdo chekloviga aylanib qolmasligi kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik tarqalishi, karantin obyekti yoki xavfli mahsulot aniqlangan taqdirda davlatlar tezkor chora ko‘rishi shart. Biroq bunday cheklovlar xavf darajasiga mutanosib va asoslangan bo‘lishi lozim.
Subbotin Belarus diplomatik vakolatxonalarining imkoniyatlaridan tashqi bozorlarda texnik talablar va sanitariya qoidalaridagi o‘zgarishlarni erta aniqlash uchun foydalanishni taklif qildi.
Bu eksportchilarni yangi talablar haqida oldindan xabardor qilish, mahsulotlarni moslashtirish va tashqi savdoda kutilmagan cheklovlarning oldini olish imkonini beradi.
YeIK ma’lumotiga ko‘ra, bu masala Belarus uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega: mamlakatning 2025-yildagi tashqi savdo aylanmasi qariyb 90 mlrd dollarni tashkil etgan.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.