Sabirov: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

© Sputnik / Meerimay AlibekovaGlava Natsionalnogo agentstva po investitsiyam pri prezidente Kirgizii Ravshanbek Sabirov
Glava Natsionalnogo agentstva po investitsiyam pri prezidente Kirgizii Ravshanbek Sabirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shma ishlab chiqarish va investitsiya loyihalari orqali o‘zaro savdoni 2 milliard dollarga yetkazmoqchi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy investitsiya agentligi rahbari Ravshanbek Sabirov Bishkekdagi Qirg‘iziston–O‘zbekiston biznes forumida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Sabirovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga birgalikda chiqish savdo hajmini oshirishga yordam beradi.
"Bugungi kunda O‘zbekiston Qirg‘iziston uchun investitsiya sohasidagi asosiy strategik hamkorlardan biridir", — dedi Sabirov.
Qirg‘iziston o‘zbekistonlik investorlarni energetika, agrosanoat, qurilish, farmatsevtika, raqamli iqtisodiyot va xizmatlar sohalaridagi loyihalarga jalb etishdan manfaatdor. Qo‘shma ishlab chiqarish klasterlari va sanoat maydonchalarini tashkil etish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rsatildi.
Hamkorlikning amaliy loyihalaridan biri Jalolobod va Namangan viloyatlari chegarasida barpo etilgan savdo-logistika markazidir.

"Qirg‘iz eko eksport" kompaniyasi bosh direktori Ulanbek Maksimbekovning ma’lum qilishicha, markaz hududida 12 ming kvadrat metrdan ortiq obyektlar qurilgan. Yo‘llar va ko‘priklar barpo etilgan, elektr tarmog‘i o‘tkazilgan.

Loyiha negizida kichik iqtisodiy zona tashkil etish taklif qilinmoqda. Birinchi bosqichda u savdo maydoni sifatida ishlashi, keyinchalik esa qo‘shma korxonalar va ishlab chiqarish quvvatlari joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Maksimbekovga ko‘ra, hozir ikki tomon o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Yangi markaz Namangan hamda Jalolobod tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Sadir Japarov oznakomilsya s proyektom parka Dostuk. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2026
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston chegarasi tutashgan hududda savdo parki qurilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0