O‘zbekiston Xitoy eng ko‘p qurilish shartnomalari tuzgan davlatlar orasida yetakchilardan bo‘ldi

© Ministerstvo transporta Respubliki UzbekistanNachalos stroitelstvo vajnix obyektov jeleznoy dorogi "Kitay – Kirgizstan – Uzbekistan"
Nachalos stroitelstvo vajnix obyektov jeleznoy dorogi Kitay – Kirgizstan – Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2026
Obuna bo‘lish
"Bir kamar, bir yo‘l" doirasida O‘zbekistondagi Xitoy qurilish shartnomalari yilning birinchi yarmida 5,5 mlrd dollarga yetdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. 2026-yilning birinchi yarmida Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistondagi qurilish shartnomalari hajmi 5,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Fudan universiteti huzuridagi Green Finance & Development Center hisobotida aytildi.
Hisobotga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich O‘zbekistonni "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi doirasida Xitoy qurilish loyihalari eng faol amalga oshirilayotgan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi.
Qurilish shartnomalari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston Saudiya Arabistoni, BAA va Quvaytdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Markaziy Osiyoda esa Xitoy qurilish shartnomalarining umumiy hajmi yilning birinchi yarmida 174 foizga o‘sib, 13,2 mlrd dollarga yetgan.
Tadqiqot mualliflari bu o‘sishni mintaqada infratuzilma va energetika loyihalariga talab saqlanib qolayotgani bilan izohlagan.
Shu bilan birga, hisobotda gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar haqida emas, aynan qurilish shartnomalari qiymati haqida ketayotgani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: Green Finance & Development Center — Xitoyning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi doirasidagi investitsiya va qurilish faoliyatini muntazam tahlil qilib boradigan tadqiqot markazi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Pomidori na prilavke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Xitoy kompaniyasi Andijon viloyatida 3000 gektarda pomidor yetishtiradi
Yangiliklar lentasi
0