https://oz.sputniknews.uz/20260728/sindarov-gukesh-oyin-59333611.html
Javohir Sindarov shaxmat toji uchun Jenevada Gukeshga qarshi o‘ynaydi
Javohir Sindarov shaxmat toji uchun Jenevada Gukeshga qarshi o‘ynaydi
Sputnik O‘zbekiston
Javohir Sindarov va amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh shaxmat toji uchun 25-noyabrdan 15-dekabrgacha Jenevada bahslashadi. Ikki grossmeyster ham 20 yoshda bo‘ladi — bu tarixdagi eng yosh jahon chempionligi matchi.
2026-07-28T18:08+0500
2026-07-28T18:08+0500
2026-07-28T18:08+0500
shaxmat
sport
hindiston
javohir sindarov
shveysariya
chempion
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1c/59333440_0:21:3567:2027_1920x0_80_0_0_b8034f87f30c5891073cf24bde3a87cb.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaraju Gukesh o‘rtasidagi shaxmat toji uchun match Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) matbuot xizmati xabar berdi.Bellashuv 25-noyabrdan 15-dekabrgacha davom etadi. O‘yin boshlangan paytda har ikki shaxmatchi ham 20 yoshda bo‘ladi. Shu bois bu jahon chempionligi tarixidagi eng yosh ishtirokchilar o‘rtasidagi bahsga aylanadi.Jahon chempionligi bahsi 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi chempionlikni qo‘lga kiritadi. Agar 14 partiyadan keyin hisob teng bo‘lsa, g‘olib tay-breykda aniqlanadi.Gukesh 2024-yil dekabrda Singapurda xitoylik Din Lijenni 14-partiyada mag‘lub etib, 18 yoshida tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylangan edi. Endi u Jenevada o‘z unvonini himoya qiladi.Sindarov esa Kiprdagi 2026-yilgi Da’vogarlar turnirida bir tur oldin g‘alabani ta’minlab, jahon chempioniga qarshi o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik shaxmatchi bungacha 2025-yilgi FIDE Jahon kubogida ham g‘olib bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260412/shaxmat-afsonalar-nashrlar-sindarov-56870483.html
shveysariya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1c/59333440_419:0:3148:2047_1920x0_80_0_0_5713c605d170cf8f35bcbbe034e59e27.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shaxmat, sport, hindiston, javohir sindarov, shveysariya, chempion
shaxmat, sport, hindiston, javohir sindarov, shveysariya, chempion
Javohir Sindarov shaxmat toji uchun Jenevada Gukeshga qarshi o‘ynaydi
Javohir Sindarov va Dommaraju Gukeshning shaxmat toji uchun bellashuvi 25-noyabrdan 15-dekabrgacha Jenevada o‘tadi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaraju Gukesh o‘rtasidagi shaxmat toji uchun match Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) matbuot xizmati
xabar berdi.
Bellashuv 25-noyabrdan 15-dekabrgacha davom etadi. O‘yin boshlangan paytda har ikki shaxmatchi ham 20 yoshda bo‘ladi. Shu bois bu jahon chempionligi tarixidagi eng yosh ishtirokchilar o‘rtasidagi bahsga aylanadi.
FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anandning aytishicha, musobaqani qabul qilishga Hindiston, AQSh va Kipr ham qiziqish bildirgan. Federatsiya yakunda matchni neytral hududda — Jenevada o‘tkazishga qaror qilgan.
Jahon chempionligi bahsi 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi chempionlikni qo‘lga kiritadi. Agar 14 partiyadan keyin hisob teng bo‘lsa, g‘olib tay-breykda aniqlanadi.
Gukesh 2024-yil dekabrda Singapurda xitoylik Din Lijenni 14-partiyada mag‘lub etib, 18 yoshida tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylangan edi. Endi u Jenevada o‘z unvonini himoya qiladi.
Sindarov esa Kiprdagi 2026-yilgi Da’vogarlar turnirida bir tur oldin g‘alabani ta’minlab, jahon chempioniga qarshi o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik shaxmatchi bungacha 2025-yilgi FIDE Jahon kubogida ham g‘olib bo‘lgan.