Bir oyda 8,5% o‘sish: Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlari 2,63 mlrd dollarga yetdi

© AP Photo / Michael ProbstBrokeri na birje Frankfurta
Brokeri na birje Frankfurta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2026
Obuna bo‘lish
Milliy investitsiya jamg‘armasining sof aktivlari bir oyda 8,5 foizga o‘sib, 2,63 mlrd dollarga yetdi, bunga qayta baholash turtki berdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi — UzNIF iyun oyi yakunlari bo‘yicha sof aktivlar qiymati haqidagi hisobotini e’lon qildi.
30 iyun holatiga ko‘ra, jamg‘armaning sof aktivlar qiymati 31,67 trln so‘m yoki 2,63 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 31-maydagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,5 foizga ko‘p. UzNIF portfelidagi 13 ta kompaniya ulushlarining umumiy qiymati esa 2,66 mlrd dollarga baholangan.
NAV nima?
NAV — jamg‘armaning barcha aktivlari qiymatidan majburiyatlari ayirilgandan keyin qoladigan sof qiymat. Uning o‘sishi jamg‘armaga shuncha yangi pul kelib tushgani yoki aksiyalar ham aynan 8,5 foizga qimmatlaganini anglatmaydi.
UzNIF ma’lumotiga ko‘ra, o‘sish asosan portfeldagi birjada ro‘yxatga olinmagan yoki kam savdo qilinadigan kompaniyalarni qayta baholash hisobiga yuz bergan. Bunda ularning moliyaviy natijalari va kelgusi faoliyatiga oid prognozlar yangilangan.
Eng katta ijobiy ta’sirni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" — 5,2 foiz, "O‘zbektelekom" — 4,5 foiz, "Issiqlik elektr stansiyalari" — 3,5 foiz, "O‘zsanoatqurilishbank" — 1,2 foiz va "Hududiy elektr tarmoqlari" — 1 foiz bilan ko‘rsatgan.
"O‘zbektelekom" qiymati tushum va rentabellikning yaxshilanishi hisobiga oshgan. Energetika kompaniyalariga esa yangi tarif modeli va yangilangan moliyaviy prognozlar ijobiy ta’sir qilgan.
UzNIF portfelida O‘zbekistonning 13 ta yirik kompaniyasidagi ulushlar jamlangan. Beshta eng yirik aktiv jamg‘arma NAVning 71,59 foizini tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun: UzNIF yirik davlat kompaniyalaridagi 25–40 foizlik ulushlarni boshqaradi. Uning ishonchli boshqaruvchisi — Franklin Templeton. Jamg‘arma aksiyalari Toshkent, GDRlari esa London fond birjasida savdo qilinadi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Gosudarstvennie aktivi Uzbekistana otkriti dlya investorov cherez Londonskuyu birju - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalaridagi ulushlar investorlarga taklif etilmoqda
Yangiliklar lentasi
0