Kudratov: Qirg‘izistonda qo‘shma ishlab chiqarish YeOII bozoriga imtiyozli kirish imkonini beradi
Kudratov: Qirg‘izistonda qo‘shma ishlab chiqarish YeOII bozoriga imtiyozli kirish imkonini beradi
Sputnik O‘zbekiston
Laziz Qudratov Qirg‘izistonda qo‘shma farmatsevtika va sanoat korxonalarini tashkil etish O‘zbekiston kompaniyalariga YeOII bozorlariga chiqish imkonini berishini aytdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bozorlariga chiqishi mumkin. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qirg‘iziston–O‘zbekiston biznes forumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Vazir, ayniqsa, farmatsevtika sohasida katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston har yili 2 mlrd dollardan ortiq farmatsevtika mahsulotlarini import qiladi, YeOII mamlakatlarida esa ushbu mahsulotlar iste’moli qariyb 30 mlrd dollarni tashkil etadi.Bunda mahsulotlar YeOIIning kelib chiqish, sifat va sertifikatlash talablariga javob berishi lozim.Kudratovning ma’lum qilishicha, Chuy viloyatida tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. O‘sh viloyatida esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida diagnostika va davolash markazi qurilmoqda.Vazir qishloq xo‘jaligini ham hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etdi. Qirg‘iziston kompaniyalari Surxondaryo viloyatida chorvachilik majmuasi qurilishiga sarmoya kiritmoqda.Oktabr oyida Chuy viloyatida "Do‘stlik bog‘i" loyihasini boshlash va Qirg‘iziston iqlimiga mos, bozorda xaridorgir meva ko‘chatlarini yetishtirish rejalashtirilgan.Kudratov to‘qimachilikni hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi sifatida qayd etdi. O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan ushbu sohani rivojlantirishda o‘z bilim va tajribasidan foydalanish, texnologiyalarni jalb qilishdan manfaatdor.Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, jun va terini chuqur qayta ishlash, poyabzal, charm-attorlik buyumlari hamda boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun katta imkoniyatlar mavjud.Elektrotexnika sohasida esa mis, alyuminiy va boshqa xomashyo resurslaridan foydalanib, qo‘shma korxonalar tashkil etish taklif qilindi. Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga 1 mlrd dollardan ortiq elektrotexnika mahsulotlari eksport qilmoqda va ular 62 ta davlat bozoriga yetkazib berilmoqda.Shuningdek, O‘zbekiston–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida umumiy qiymati 80 mln dollarlik loyihalar amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ma’lum qilishicha, Chuy viloyatida tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bozorlariga chiqishi mumkin. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qirg‘iziston–O‘zbekiston biznes forumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Vazir, ayniqsa, farmatsevtika sohasida katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston har yili 2 mlrd dollardan ortiq farmatsevtika mahsulotlarini import qiladi, YeOII mamlakatlarida esa ushbu mahsulotlar iste’moli qariyb 30 mlrd dollarni tashkil etadi.
"O‘zbekiston YeOII a’zosi emas. Ammo Qirg‘iziston bilan hamkorlikda bu yerda samarali farmatsevtika ishlab chiqarishlarini tashkil etib, Qirg‘iziston orqali YeOII bozorlariga chiqishimiz mumkin", — dedi Qudratov.
Bunda mahsulotlar YeOIIning kelib chiqish, sifat va sertifikatlash talablariga javob berishi lozim.
Kudratovning ma’lum qilishicha, Chuy viloyatida tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. O‘sh viloyatida esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida diagnostika va davolash markazi qurilmoqda.
Vazir qishloq xo‘jaligini ham hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etdi. Qirg‘iziston kompaniyalari Surxondaryo viloyatida chorvachilik majmuasi qurilishiga sarmoya kiritmoqda.
O‘zbekiston yiliga qariyb 1 mlrd dollarlik qizil go‘sht import qilishini hisobga olgan holda, ikki davlatda chorvachilik majmualarini tashkil etish va Markaziy Osiyo bozori uchun mahsulot ishlab chiqarish taklif qilindi.
Oktabr oyida Chuy viloyatida "Do‘stlik bog‘i" loyihasini boshlash va Qirg‘iziston iqlimiga mos, bozorda xaridorgir meva ko‘chatlarini yetishtirish rejalashtirilgan.
Kudratov to‘qimachilikni hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi sifatida qayd etdi. O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan ushbu sohani rivojlantirishda o‘z bilim va tajribasidan foydalanish, texnologiyalarni jalb qilishdan manfaatdor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, jun va terini chuqur qayta ishlash, poyabzal, charm-attorlik buyumlari hamda boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Elektrotexnika sohasida esa mis, alyuminiy va boshqa xomashyo resurslaridan foydalanib, qo‘shma korxonalar tashkil etish taklif qilindi. Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga 1 mlrd dollardan ortiq elektrotexnika mahsulotlari eksport qilmoqda va ular 62 ta davlat bozoriga yetkazib berilmoqda.
O‘zbekiston kompaniyalari qirg‘izistonlik hamkorlar bilan qo‘shma quvvatlar yaratish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqishga tayyor ekani bildirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida umumiy qiymati 80 mln dollarlik loyihalar amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.