"Chinor" metro bekati qachon qayta ochilishi ma’lum qilindi

© GUP "Toshkent metropoliteni”Stansiya metro "Chinor" otkroyetsya 29-iyulya.
Stansiya metro Chinor otkroyetsya 29-iyulya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2026
Obuna bo‘lish
Rekonstruksiyadan so‘ng "Chinor" metro bekati 29-iyul soat 05:00 dan yo‘lovchilar uchun faoliyatini to‘liq qayta boshlaydi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Toshkent metropolitenining "Chinor" bekati 29-iyul kuni soat 05:00 dan yo‘lovchilar uchun qayta ochiladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Bekat zamonaviy va qulay infratuzilma yaratish, shuningdek, rekonstruksiya va kengaytirish ishlarini amalga oshirish maqsadida vaqtincha yopilgan edi.
Ta’kidlanishicha, ta’mirlash jarayonida bekatning kirish va chiqish qismlari kengaytirildi. Avval oltita bo‘lgan turniketlar soni 13 taga yetkazildi.
Shuningdek, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirgan o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirildi va bekatdan-bekatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati yaratildi.
"Chinor" bekati rekonstruksiyadan oldin bir kunda o‘rtacha 15 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Yangilanishdan so‘ng uning o‘tkazish qobiliyati kuniga 35–40 ming nafargacha oshirildi.
Nazemnaya liniya metro Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Toshkent metrosining “Chinor” bekati 50 kunga yopiladi
Yangiliklar lentasi
0