Toshkent modernizmining 10 ta binosi YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

© Sputnik / Baxrom XatamovGosudarstvenniy muzey istorii Uzbekistana
Gosudarstvenniy muzey istorii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2026
Obuna bo‘lish
YuNESKO bahosiga ko‘ra, sovet davridagi bosh rejalar asosida sovet davrida barpo etilgan bu kabi obyektlar Toshkentni zamonaviy sotsialistik megapolisga aylantirgan.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. “Toshkent modernistik me’morchiligi. Markaziy Osiyoda zamonaviylik va an’analar” obyekti YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Qaror Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tayotgan Butunjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida qabul qilindi.
Nominatsiyaga sovet davrida — 1960-yillardan 1990-yillar boshigacha qurilgan bino va me’moriy majmualar kiritilgan.

Ro‘yxatga "Marvarid" (“Jemchug”) turar joy binosi, “Kosmonavtlar” metro bekati, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Xalqlar do‘stligi saroyi, Toshkent davlat sirki, Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zali, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi va Chorsu bozori kiritildi.

YuNESKO bahosiga ko‘ra, ushbu obyektlar Toshkentning 1966-yilgi zilziladan keyingi qayta qurilishi va rivojlanishini aks ettiradi. Ularda sovet modernizmining funksional yechimlari mahalliy naqshlar, hovli va ayvonlar, Markaziy Osiyo iqlimi hamda zilzilaga chidamli qurilish texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatga Parkent tumanida joylashgan Katta quyosh pechi ham kiritilgan.
YuNESKO maqomi nimani o‘zgartiradi?
Ro‘yxatga kirish obyektlarni YuNESKO boshqaruviga o‘tkazishni anglatmaydi. Biroq O‘zbekiston ularning YuNESKO tomonidan tan olingan umumjahon qiymatini, asl me’moriy qiyofasi va atrof muhit bilan bog‘liqligini saqlab qolish majburiyatini oladi.
Bu obyektlardagi qurilish ishlari ularning tarixiy ko‘rinishi va asosiy me’moriy xususiyatlariga zarar yetkazmasligi kerak. YuNESKO hujjatlarida obyektlar atrofidagi manzara, ko‘kalamzorlar, shahar silueti va binolar o‘rtasidagi vizual bog‘liqlikni ham saqlash muhimligi ta’kidlangan.
Nominatsiya bo‘yicha hujjatlarda muhofaza bufer hududlarini kengaytirish, ularning chegaralarini davlat kadastri va Toshkent bosh rejasiga kiritish taklif etilgan.
Bu hududlarda yangi qurilish loyihalari merosga ta’siri bo‘yicha alohida baholanishi kerak. Tegishli qoidalar tasdiqlanguniga qadar vizual jihatdan sezgir hududlarda yangi qurilishlarga vaqtinchalik moratoriy joriy etish ham tavsiya qilingan.
Endilikda ushbu obyektlar YuNESKOning Butunjahon merosi jamg‘armasi, xalqaro tashkilotlar va hamkorlardan texnik yoki moliyaviy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi — boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin", — deya bu qarorga munosabat bildirdi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Tashkentskiy metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2026
Sovet davri me’morchiligi: Chorsu, Sirk va yana 7 obyekt YuNESKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0