https://oz.sputniknews.uz/20260727/suyultirilgan-gaz-taminot-ozgarish-59311430.html
Suyultirilgan gaz ta’minotida nima o‘zgaradi — prezident belgilagan vazifalar
Suyultirilgan gaz ta’minotida nima o‘zgaradi — prezident belgilagan vazifalar
Sputnik O‘zbekiston
Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb qilinadi. Yangi tizim dastlab Andijonda sinovdan o‘tkazilib, ehtiyojmand oilalarga subsidiya beriladi.
2026-07-27T17:16+0500
2026-07-27T17:16+0500
2026-07-27T17:16+0500
shavkat mirziyoyev
gaz
andijon viloyati
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1b/59311256_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_3374986fa75950a3153c98e6951295e1.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida suyultirilgan gaz ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 3,7 mln xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Biroq gazni o‘z vaqtida yetkazib berish muammosi to‘liq hal etilmagan.Xususan, Andijon viloyatiga yilning birinchi yarmida rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna gaz yetkazib berilgan. Viloyatdagi 318 ta mahallada ta’minot belgilangan grafikdan ortda qolmoqda.Endi tadbirkorlarga o‘zi import qilgan yoki birjadan sotib olgan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berish imkoniyati yaratiladi. Yangi tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.Shuningdek, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini yil oxirigacha rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Hozir gaz aholiga asosan 20 kilogrammli standart ballonlarda yetkazilmoqda. Ammo ayrim xonadonlarga oyiga 5–6 kilogramm yetarli bo‘lsa, boshqa iste’molchilarga 30–40 kilogramm gaz zarur bo‘ladi.Shu bois gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi bir oy ichida xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/qish-benzin-zaxira-gaz-58870165.html
andijon viloyati
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1b/59311256_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_d9757493558a7d1d653795b344c1dbab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, gaz, andijon viloyati, o‘zbekiston, jamiyat
shavkat mirziyoyev, gaz, andijon viloyati, o‘zbekiston, jamiyat
Suyultirilgan gaz ta’minotida nima o‘zgaradi — prezident belgilagan vazifalar
Tadbirkorlarga suyultirilgan gazni aholiga yetkazib berishga ruxsat beriladi, ehtiyojmand oilalarga esa subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida suyultirilgan gaz ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha yangi
vazifalar belgilandi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 3,7 mln xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Biroq gazni o‘z vaqtida yetkazib berish muammosi to‘liq hal etilmagan.
Xususan, Andijon viloyatiga yilning birinchi yarmida rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna gaz yetkazib berilgan. Viloyatdagi 318 ta mahallada ta’minot belgilangan grafikdan ortda qolmoqda.
Endi tadbirkorlarga o‘zi import qilgan yoki birjadan sotib olgan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berish imkoniyati yaratiladi. Yangi tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga suyultirilgan gaz xaridi uchun subsidiya beriladi. Yil yakunigacha bu yo‘nalishda “Andijon tajribasi” yaratilishi belgilandi.
Shuningdek, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini yil oxirigacha rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Hozir gaz aholiga asosan 20 kilogrammli standart ballonlarda yetkazilmoqda. Ammo ayrim xonadonlarga oyiga 5–6 kilogramm yetarli bo‘lsa, boshqa iste’molchilarga 30–40 kilogramm gaz zarur bo‘ladi.
Shu bois gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi bir oy ichida xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.