Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlanadi — 200 nafar ijodkor ishtirok etadi

© press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevKirgizsko-uzbekskiy biznes-forum v Bishkeke
Kirgizsko-uzbekskiy biznes-forum v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2026
Obuna bo‘lish
Konsert dasturlarida Ozodbek Nazarbekov, “Yalla” guruhi badiiy rahbari Farrux Zakirov va Zulayxo Boyxonova ishtirok etadi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlanadi. Asosiy tadbirlar 27–28 iyul kunlari Issiqko‘l viloyatining Cho‘lpon-Ota shahri va Bo‘steri qishlog‘ida o‘tkaziladi. Bu haqda Qirg‘iziston Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat delegatsiyasi madaniyat kunlarini o‘tkazish uchun Qirg‘izistonga yetib borgan. Delegatsiya tarkibiga 200 nafarga yaqin madaniyat va san’at vakili kiritilgan.
Konsert dasturlarida Ozodbek Nazarbekov, “Yalla” guruhi badiiy rahbari Farrux Zakirov, Kamoliddin O‘rinboyev, Aygul Nodirova va Zulayxo Boyxonova ishtirok etadi.
Shuningdek, “Navbahor” va “Tumor” raqs ansambllari hamda O‘zbekiston davlat simfonik orkestri o‘z dasturlarini namoyish qiladi.
Madaniyat kunlarining ochilish marosimi Cho‘lponotadagi “Rux Ordo” madaniy markazida bo‘lib o‘tadi. Yakuniy konsert esa 28-iyul kuni Bo‘steri qishlog‘idagi “Dordoy Nomad” arenasida tashkil etiladi.
Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy aloqalarni kengaytirish hamda o‘zbek madaniyatini qirg‘izistonlik tomoshabinlarga yaqindan tanishtirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Dni kulturi Uzbekistana proxodat v Respublike Belarus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2026
Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar lentasi
0