Kobuldagi O‘zbekiston–Afg‘oniston biznes forumida qanday kelishuvlarga erishildi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiVstrecha zamestitelya premyer-ministra Jamshida Xodjayeva s Mulloy Abdul Gani Baradarom
Vstrecha zamestitelya premyer-ministra Jamshida Xodjayeva s Mulloy Abdul Gani Baradarom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2026
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida Jamshid Xodjayev Afg‘oniston bosh vaziri Muhammad Hasan Oxund hamda uning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar bilan uchrashdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Tashrifning markaziy tadbiri Kobulda o‘tkazilgan O‘zbekiston–Afg‘oniston biznes forumi bo‘ldi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matubot xizmati xabar berdi.
Forumda ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek, 400 nafardan ortiq tadbirkor va investor ishtirok etdi.
Forumning asosiy natijalari:
to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari va logistika sohalaridagi loyihalar muhokama qilindi;
ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi;
forum yakunida qator kelishuv va shartnomalar imzolandi;
Tashrif doirasida Xodjayev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar bilan uchrashdi. Tomonlar savdo, investitsiya, tranzit, energetika va infratuzilma sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralarda afg‘on tovarlarini tashuvchi avtomobillar harakatidagi to‘siqlarni bartaraf etish, bojxona imkoniyatlarini kengaytirish, vizalar berishni soddalashtirish hamda Afg‘oniston mahsulotlarini Markaziy Osiyo, Rossiya va Xitoy bozorlariga olib chiqish masalalari ham ko‘tarildi.
O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda o‘zbek investorlari boshlagan loyihalarni jadallashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Jumladan, Hayratonda rux rudasini qayta ishlash bo‘yicha 50 mln dollarlik zavod qurish, Afg‘onistondan go‘sht va paxta importini oshirish hamda tog‘-kon sanoati loyihalariga sarmoya kiritish imkoniyatlari bildirildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bosh vaziri Muhammad Hasan Oxund bilan ham uchrashdi. Muzokaralarda avval erishilgan savdo va investitsiya kelishuvlarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Predprinimateli Uzbekistana i Afganistana podpisali soglasheniya na summu bolee 100 mln dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari 100 mln dollardan ortiq bitim imzoladi
Yangiliklar lentasi
0