Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda qishloq xo‘jaligi o‘sdi — qaysi davlatlar yetakchi?

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPshenitsa
Pshenitsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 0,9 foizga o‘sdi. Eng yuqori o‘sish Belarusda qayd etildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarida 2026-yilning yanvar–may oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga oshdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Eng yuqori o‘sish Belarusda qayd etildi — 4,3 foiz. Qirg‘izistonda ishlab chiqarish 3,7 foizga, Qozog‘istonda esa 3,6 foizga oshdi. Rossiyada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘tgan yilgi darajada qoldi.
YeOIIda tuxum ishlab chiqarish 2,4 foizga, so‘yish uchun chorva mollari va parrandalar yetishtirish 0,3 foizga, sut ishlab chiqarish esa 0,2 foizga o‘sdi.
Tuxum ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta o‘sish Qirg‘izistonda qayd etildi — 24,4 foiz. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 7,6 foizga, Armanistonda 3,7 foizga, Rossiyada 1,8 foizga oshdi. Belarusda esa tuxum ishlab chiqarish 0,7 foizga kamaydi.
Chorva mollari va parrandalar yetishtirish Qirg‘izistonda 3,8 foizga, Qozog‘istonda 3,7 foizga o‘sdi. Sut ishlab chiqarishda Qozog‘iston 2,7 foizlik o‘sish bilan yetakchi bo‘ldi. Rossiyada esa go‘sht yetishtirish 0,4 foizga, sut ishlab chiqarish 0,7 foizga qisqardi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Selxoz vistavka, arxivnoe foto

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
Overchuk: biron-bir birlashmaning oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha YeOII bilan tenglashishi dargumon
Yangiliklar lentasi
0