BMT Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosidagi rezolyutsiyani qabul qildi

© AP Photo / EDUARDO MUNOZZdanie Organizatsii obyedinyonnix natsiy. Arxivnoe foto
Zdanie Organizatsii obyedinyonnix natsiy. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
Obuna bo‘lish
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan parlamentlarning ijtimoiy rivojlanishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan rezolyutsiyani qabul qildi
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan parlamentlarning ijtimoiy rivojlanishdagi rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
24 iyulda qabul qilingan hujjatga dunyoning turli mintaqalarini ifodalovchi BMTga a’zo 61 davlat hammuallif bo‘ldi.
Rezolyutsiya parlamentlarni 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jarayoniga faol jalb etishni nazarda tutadi.
Hujjatda parlamentlarning quyidagi yo‘nalishlardagi roliga urg‘u berilgan:
milliy qonunchilikni takomillashtirish;
ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash;
kambag‘allikni qisqartirish;
munosib bandlikni ta’minlash;
sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish;
xotin-qizlar va yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini oshirish;
ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalardan foydalanish.
BMTga a’zo davlatlarga parlamentlarni milliy majburiyatlar ijrosini nazorat qilish, ixtiyoriy milliy sharhlarni tayyorlash va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish jarayonlariga kengroq jalb etish tavsiya qilindi.
Shuningdek, rezolyutsiyada BMTning yirik tadbirlarida parlament a’zolari ishtirokini kengaytirish va ijtimoiy rivojlanish natijalarini baholash uchun milliy statistika tizimlarini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
Hujjatda Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi o‘tkazilgani hamda ijtimoiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga bag‘ishlangan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilingani ham e’tirof etilgan.
O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov rezolyutsiya mamlakatning global ijtimoiy rivojlanish kun tartibini ilgari surish va parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi ekanini ta’kidladi.
Genassambleya OON prinyala rezolyutsiyu Kirgizstana o mirnom reshenii prigranichnix sporov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
BMT Markaziy Osiyoni chegara masalalarida namuna sifatida e’tirof etdi
Yangiliklar lentasi
0