https://oz.sputniknews.uz/20260726/china-tayfun-aholi-evakuatsiya-59288213.html
Xitoyda kuchli tayfun sabab 800 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi
Xitoyda kuchli tayfun sabab 800 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda yilning eng kuchli "Noul" tayfuni sabab 801 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Gonkongda 350 ga yaqin reys bekor bo‘ldi. Tayfun ilk bor dronlar guruhi yordamida to‘liq kuzatildi.
2026-07-26T19:18+0500
2026-07-26T19:18+0500
2026-07-26T19:18+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
xitoy
tabiiy ofat
shamol
dron
uchuvchisiz qurilma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31151502_0:163:3000:1851_1920x0_80_0_0_70ac7a04a5a6f447a9b62daec2a4e62a.jpg
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida "Noul" tayfuni sabab 800 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.Sinxua agentligining mahalliy hokimiyatlarga tayanib xabar berishicha, 26-iyul soat 7:00 holatiga ko‘ra, provinsiya bo‘ylab 801 794 kishi evakuatsiya qilingan."Noul" 26-iyul erta tongda Guandun provinsiyasining Xueydun uyezdi sohiliga chiqdi. Uning markazi yaqinidagi shamol tezligi sekundiga 45 metrga yetgan. Tayfun Xitoyda 2026-yil boshidan buyon quruqlikka chiqqan eng kuchli tropik siklon bo‘ldi.Tabiiy ofat Guandun bilan birga qo‘shni Gonkongga ham kuchli shamol va yomg‘ir olib keldi. Gonkong xalqaro aeroportida 350 ga yaqin reys bekor qilindi, kamida 21 kishi jarohat oldi.Kuchli yog‘ingarchilik Szansi, Xunan, Guandun, Sichuan, Shensi va Gansu provinsiyalarida hamda Shinjonning janubi-sharqiy qismida toshqin va ko‘chkilarni keltirib chiqarishi mumkin. Yomg‘irlar 28-iyulgacha davom etishi kutilmoqda.Xitoy meteorologlari "Noul" tayfunini kuzatishda birinchi marta dronlar guruhidan foydalandi.Uchuvchisiz apparatlar tayfunning mamlakat hududidan o‘tishi davomida yuqori chastotali va ko‘p o‘lchovli meteorologik ma’lumotlarni to‘plagan.Tajriba Shenchjen shahridagi Dapen yarimorolida joylashgan past balandlikdagi uchuvchisiz aviatsiyani meteorologik ta’minlash ilmiy bazasida o‘tkazildi.Bu Xitoyda tayfunning butun harakat jarayoni dronlar guruhi yordamida kuzatilgan birinchi holat bo‘ldi.Hozir "Noul" quruqlik ichkarisiga harakatlanishi natijasida zaiflashmoqda. Biroq Xitoy rasmiylari kuchli yomg‘ir, sel, tog‘ ko‘chkilari va darolarda suv sathining keskin ko‘tarilishi xavfi saqlanib qolayotganidan ogohlantirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260524/china-kon-fojia-mirziyoev-si-tszinpin-hamdardlik-57821814.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31151502_333:0:3000:2000_1920x0_80_0_0_ec4def3910ec97b4334c8d42eb63cd9b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, xitoy, tabiiy ofat, shamol, dron, uchuvchisiz qurilma
dunyo yangiliklari, dunyoda, xitoy, tabiiy ofat, shamol, dron, uchuvchisiz qurilma
Xitoyda kuchli tayfun sabab 800 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi
Xitoyning Guandun provinsiyasida "Noul" tayfuni sabab 800 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi, yuzlab aviareyslar bekor qilindi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida "Noul" tayfuni sabab 800 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.
Sinxua agentligining mahalliy hokimiyatlarga tayanib xabar berishicha, 26-iyul soat 7:00 holatiga ko‘ra, provinsiya bo‘ylab 801 794 kishi evakuatsiya qilingan.
"Noul" 26-iyul erta tongda Guandun provinsiyasining Xueydun uyezdi sohiliga chiqdi. Uning markazi yaqinidagi shamol tezligi sekundiga 45 metrga yetgan. Tayfun Xitoyda 2026-yil boshidan buyon quruqlikka chiqqan eng kuchli tropik siklon bo‘ldi.
Tabiiy ofat Guandun bilan birga qo‘shni Gonkongga ham kuchli shamol va yomg‘ir olib keldi. Gonkong xalqaro aeroportida 350 ga yaqin reys bekor qilindi, kamida 21 kishi jarohat oldi.
Xitoy Suv resurslari vazirligi va Meteorologiya boshqarmasi bir qator hududlarda tog‘ toshqinlari xavfi bo‘yicha eng yuqori — qizil darajadagi ogohlantirish e’lon qildi.
Kuchli yog‘ingarchilik Szansi, Xunan, Guandun, Sichuan, Shensi va Gansu provinsiyalarida hamda Shinjonning janubi-sharqiy qismida toshqin va ko‘chkilarni keltirib chiqarishi mumkin. Yomg‘irlar 28-iyulgacha davom etishi kutilmoqda.
Xitoy meteorologlari "Noul" tayfunini kuzatishda birinchi marta dronlar guruhidan foydalandi.
Uchuvchisiz apparatlar tayfunning mamlakat hududidan o‘tishi davomida yuqori chastotali va ko‘p o‘lchovli meteorologik ma’lumotlarni to‘plagan.
Tajriba Shenchjen shahridagi Dapen yarimorolida joylashgan past balandlikdagi uchuvchisiz aviatsiyani meteorologik ta’minlash ilmiy bazasida o‘tkazildi.
Bu Xitoyda tayfunning butun harakat jarayoni dronlar guruhi yordamida kuzatilgan birinchi holat bo‘ldi.
Ma’lumotlar tayfunning tuzilishi, shamol tezligi, harorat, namlik va yog‘ingarchilikdagi o‘zgarishlarni aniqroq o‘rganishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Hozir "Noul" quruqlik ichkarisiga harakatlanishi natijasida zaiflashmoqda. Biroq Xitoy rasmiylari kuchli yomg‘ir, sel, tog‘ ko‘chkilari va darolarda suv sathining keskin ko‘tarilishi xavfi saqlanib qolayotganidan ogohlantirdi.