Eron qurbon bo‘lgan har bir fuqarosi uchun bitta Amerika askarini o‘ldirishni va’da berdi

© AP Photo / Vahid SalemiIranskie raketi v Tegerane, arxivnoe foto
Iranskie raketi v Tegerane, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2026
Obuna bo‘lish
AQShning tinchlik sulhini buzish va Eron harbiy obyektlariga zarbalariga javoban Eron yangi tamoyilni e’lon qildi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Eron Qurolli Kuchlari Markaziy shtabi Xatam al-Anbiya qo‘mondoni Ali Abdullohiy Amerika bilan qarama-qarshilikning yangi tamoyilini e’lon qildi.
"Ilgari o‘z samaradorligini isbotlagan qoida endi mutlaq va rasman jang maydoni formulasiga aylanadi: Har bir qurbon bo‘lgan Eron Islom Respublikasining mag‘rur fuqarosi uchun bitta amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘ladi. Biz siz uchun do‘zaxga bepul va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiptalarni tayyorladik", - deyiladi bayonotda.
AQSh prezidenti Donald Tramp 8-iyul kuni Eron bilan 18-iyun kechasi erishilgan sulh bitimi endi kuchga kirmasligini e’lon qildi. 8-iyuldan beri AQSh harbiylari Eronga bir nechta hujumlar uyushtirdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi bu Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan tijorat kemalariga qarshi harakatlariga qasos ekanligini da’vo qildi.

Eron harbiylari Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlaridagi AQSh bazalariga zarbalar bilan javob berishdi. Tehron shuningdek, Vashingtonni sulh memorandumini buzganlikda aybladi.
Mojaroga Saudiya Arabistoni ham tortilmoqda. Ular Yaman aeroporti va port infratuzilmasiga zarbalar berdi. Bunga javoban Yaman xusiylari Saudiya neftni qayta ishlash va saqlash obyektlariga zarba berdia va Bob-al-Mandeb bo‘g‘ozini to‘liq blokada qilishni e’lon qilishdi.
Suxoputnaya operatsiya obernetsya dlya SShA bolshimi poterami, zayavili v Irane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Pentagon Eronning AQSh kuchlariga zarbalari oqibatlarini to‘liq oshkor qilmayapti — NYT
Yangiliklar lentasi
0