O‘n yettita mamlakatga ShHT hamkori maqomi beriladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Muloqot bo‘yicha hamkor va kuzatuvchilar o‘rniga ShHT hamkorlarining yagona toifasi bo‘ladi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlari tashkilotdagi muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar va kuzatuvchilar toifasini birxillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ular hamkorlar toifasiga kiritiladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Biz samarali ishladik. Bu kuzda Bishkekda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlikning bir qismidir. Rahbarlar uchun hujjatlar loyihalari yangi xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markaz, giyohvandlik jinoyatlariga qarshi kurashish markazini yaratishni nazarda tutadi. Endi muloqot bo‘yicha hamkorlar va kuzatuvchilar o‘rniga ShHT hamkorlarining yagona toifasi bo‘lishi haqida e’lon qilish turibdi”, - dedi Lavrov jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHTning 10 ta a’zosidan tashqari 15 ta hamkor davlat va ikkita kuzatuvchi mamlakati bor.
“Ushbu 17 ta davlatdan iborat toifaning barchasi, umid qilamanki, hamkor maqomiga o‘tishga e’tiroz bildirmaydi” - deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV rahbari.
Shanxay hamkorlik tashkiloti
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.
Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston.
