Saidov va Lavrov bilan uchrashdi – muhokama qilingan masalalar

© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov
Obuna bo‘lish
Vazirlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuksak sur’atini qayd etishdi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahridagi ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuksak sur’atini alohida qayd etdik”, - deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi faol va ishonchli muloqot barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Vazirlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, savdo-iqtisodiy va hududlararo aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
“Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik hamda ShHT, MDH, BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanimizni tasdiqladik”, - deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston TIV rahbari.