Mirziyoyev va Putin telefon orqali suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi gosudarstv SNG pozdravili Shavkata Mirziyoyeva s pobedoy na prezidentskix viborax
Glavi gosudarstv SNG pozdravili Shavkata Mirziyoyeva s pobedoy na prezidentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
Obuna bo‘lish
Yetakchilar O‘zbekiston – Rossiya har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, suhbat avvalida Putin Mirziyoyevni tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqining farovonligi yo‘lidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Yetakchilar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Rossiya har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
Mirziyoyev va Putin o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, ustuvor yo‘nalishlarda yetakchi korxona va kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.
Madaniy-gumanitar almashinuv faol davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, Mirziyoyevni Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov telefon orqali qutladi.
Matviyenko bilan suhbatda ikki mamlakat parlamentlarining O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan samarali hamkorligi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Beglov bilan Ssuhbat chog‘ida O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan ikki tomonlama amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Yo‘l xaritasi” asosida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga qaratilgan qo‘shma choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan qator davlat rahbarlari O‘zbekiston rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, uni tavallud kuni bilan samimiy tabriklamoqda. Ular Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilamoqda.
Sostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
Putin Mirziyoyevning RF-O‘zbekiston ittifoqchiligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini baholadi
Yangiliklar lentasi
0