https://oz.sputniknews.uz/20260723/lavrov-rubio-uchrashuv-59208936.html
Ukraina mojarosini hal qilish va Fors ko‘rfazidagi vaziyat: Lavrov – Rubio uchrashuvi yakunlari
Ukraina mojarosini hal qilish va Fors ko‘rfazidagi vaziyat: Lavrov – Rubio uchrashuvi yakunlari
Sputnik O‘zbekiston
Manilada Sergey Lavrov va Marko Rubio o‘rtasidagi muzokaralar qariyb 35 daqiqa davom etdi. Tomonlar Ukraina, diplomatik vakolatxonalar, kosmos va xalqaro masalalarni muhokama qildi.
2026-07-23T11:45+0500
2026-07-23T11:45+0500
2026-07-23T13:45+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
sergey lavrov
rossiya tiv
dunyo yangiliklari
dunyoda
marko rubio
rossiya
aqsh
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/17/59208410_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_8fa96a500984ceb952c16563caabebea.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Manilada ASEAN tadbirlari doirasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina masalasini muhokama qilish chog‘ida Lavrov amerikalik hamkasbiga jangovar to‘qnashuvlar chizig‘idagi vaziyat haqida ma’lumot bergan.Vazirlik bayonotida Lavrov Rossiyaning mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga tayyorligi, Amerika tomonidan Putin va Trampning Ankorijdagi uchrashuvida ilgari surilgan takliflarga sodiqligini bildirgan.Uchrashuvda ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari faoliyati uchun sharoitlarni normallashtirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Tashqi siyosat idoralari, jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.Lavrov va Rubio "Roskosmos" davlat korporatsiyasi hamda NASA agentligi o‘rtasida to‘laqonli aloqalarning qayta tiklanishini olqishladi. Ular parlamentlararo almashinuvlar va madaniy aloqalarni rivojlantirish tarafdori ekanliklarini ham bildirdi.Rubio uchrashuv arafasida Ukrainadagi mojaro Rossiya va AQShning boshqa sohalarda kelishuvga erishishiga to‘sqinlik qilayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, imkoniyat paydo bo‘lsa, Vashington mojaroni tugatishda konstruktiv rol o‘ynashga tayyor.
https://oz.sputniknews.uz/20260623/russia-tiv-rahbar-ukraine-mojaro-bayonotlar-58546912.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/17/59208410_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_4c8975b52496048a399d58704fa0ba2c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergey lavrov, rossiya tiv, dunyo yangiliklari, dunyoda, marko rubio, rossiya, aqsh, ukraina
sergey lavrov, rossiya tiv, dunyo yangiliklari, dunyoda, marko rubio, rossiya, aqsh, ukraina
Ukraina mojarosini hal qilish va Fors ko‘rfazidagi vaziyat: Lavrov – Rubio uchrashuvi yakunlari
11:45 23.07.2026 (yangilandi: 13:45 23.07.2026) Lavrov va Rubio Ukraina, diplomatik vakolatxonalar, Fors ko‘rfazidagi vaziyat hamda Rossiya–AQShning kosmik hamkorligini muhokama qildi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Manilada ASEAN tadbirlari doirasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina masalasini muhokama qilish chog‘ida Lavrov amerikalik hamkasbiga jangovar to‘qnashuvlar chizig‘idagi vaziyat haqida ma’lumot bergan.
U Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni yanada kuchaytirishga, shuningdek, Yevropa davlatlarining Rossiyaga "strategik mag‘lubiyat" yetkazishga qaratilgan beqarorlashtiruvchi siyosatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi
Vazirlik bayonotida Lavrov Rossiyaning mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga tayyorligi, Amerika tomonidan Putin va Trampning Ankorijdagi uchrashuvida ilgari surilgan takliflarga sodiqligini bildirgan.
Uchrashuvda ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari faoliyati uchun sharoitlarni normallashtirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Tashqi siyosat idoralari, jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.
Lavrov va Rubio "Roskosmos" davlat korporatsiyasi hamda NASA agentligi o‘rtasida to‘laqonli aloqalarning qayta tiklanishini olqishladi. Ular parlamentlararo almashinuvlar va madaniy aloqalarni rivojlantirish tarafdori ekanliklarini ham bildirdi.
Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro masalalar, jumladan, Fors ko‘rfazidagi vaziyat muhokama qilindi.
Rubio uchrashuv arafasida Ukrainadagi mojaro Rossiya va AQShning boshqa sohalarda kelishuvga erishishiga to‘sqinlik qilayotganini
aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, imkoniyat paydo bo‘lsa, Vashington mojaroni tugatishda konstruktiv rol o‘ynashga tayyor.