https://oz.sputniknews.uz/20260716/uzbekistan-mishustin-tibbiy-hamkorlik-muhokama-59060851.html
O‘zbekiston delegatsiyasi Mishustin va Murashko bilan tibbiy hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Mishustin va Murashko bilan tibbiy hamkorlikni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya hukumati va Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati bilan tibbiyotni raqamlashtirish, telemeditsina, kadrlar tayyorlash, onkologiya va yadro tibbiyoti bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
2026-07-16T10:48+0500
2026-07-16T10:48+0500
2026-07-16T12:46+0500
rossiya
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
sog‘liq
kasallik
mixail mishustin
raqamli texnologiyalar
o‘zbekiston
jamiyat
mixail murashko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/18/48552299_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_72c86bdc7236c9848e015abd6f24f64d.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya hukumati, Prezident administratsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston delegatsiyasiga Prezident administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Tamila Aliyeva va sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchilik qildi.Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyotni raqamlashtirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarni Rossiyaning yetakchi tibbiy hamda ilmiy muassasalarida tayyorlash masalalarini muhokama qildi.Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bilan uchrashuvda esa tibbiy yordamni tashkil etish, telemeditsinani rivojlantirish, bemorlarni masofadan kuzatish va tibbiyot kadrlarini tayyorlashga bag‘ishlangan ekspertlar sessiyasi o‘tkazildi.O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Majburiy tibbiy sug‘urta federal jamg‘armasi, Halokatlar tibbiyoti markazi, Markaziy klinik shifoxonasi va qator ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar faoliyati bilan ham tanishdi.Rossiya tomoni o‘zbekistonlik mutaxassislarga onkologiya, radiologiya, gematologiya va bolalar onkologiyasi bo‘yicha yetakchi federal markazlar ishini tashkil etishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullarni taqdim etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260521/cis-migrantlar-tibbiy-monitor-korib-chiqilish-57746686.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/18/48552299_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d4919306eaec420971853d110a018351.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), sog‘liq, kasallik, mixail mishustin, raqamli texnologiyalar, o‘zbekiston, jamiyat, mixail murashko
rossiya, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), sog‘liq, kasallik, mixail mishustin, raqamli texnologiyalar, o‘zbekiston, jamiyat, mixail murashko
O‘zbekiston delegatsiyasi Mishustin va Murashko bilan tibbiy hamkorlikni muhokama qildi
10:48 16.07.2026 (yangilandi: 12:46 16.07.2026) Muzokaralarda tibbiyotni raqamlashtirish, telemeditsina, kadrlar tayyorlash, onkologiya va yadro tibbiyoti bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya hukumati, Prezident administratsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga Prezident administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Tamila Aliyeva va sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchilik qildi.
Tashrif doirasida Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, uning o‘rinbosarlari Aleksey Overchuk va Dmitriy Grigorenko, shuningdek, Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromov bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyotni raqamlashtirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarni Rossiyaning yetakchi tibbiy hamda ilmiy muassasalarida tayyorlash masalalarini muhokama qildi.
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko bilan uchrashuvda esa tibbiy yordamni tashkil etish, telemeditsinani rivojlantirish, bemorlarni masofadan kuzatish va tibbiyot kadrlarini tayyorlashga bag‘ishlangan ekspertlar sessiyasi o‘tkazildi.
Shuningdek, onkologiya, radiologiya, yadro tibbiyoti, gematologiya, shoshilinch tibbiy yordam, reabilitatsiya va palliativ yordam sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Majburiy tibbiy sug‘urta federal jamg‘armasi, Halokatlar tibbiyoti markazi, Markaziy klinik shifoxonasi va qator ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar faoliyati bilan ham tanishdi.
Rossiya tomoni o‘zbekistonlik mutaxassislarga onkologiya, radiologiya, gematologiya va bolalar onkologiyasi bo‘yicha yetakchi federal markazlar ishini tashkil etishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullarni taqdim etdi.