https://oz.sputniknews.uz/20260716/uzbekistan-jazirama-choralar-59057909.html
Bog‘chalar yopildi, transport cheklandi: O‘zbekistonda jazirama sabab qanday choralar ko‘rildi
Bog‘chalar yopildi, transport cheklandi: O‘zbekistonda jazirama sabab qanday choralar ko‘rildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda anomal issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopildi, bolalar tadbirlari to‘xtatildi, og‘ir yuk mashinalari va metro harakati cheklandi. Elektr iste’moli tarixiy maksimumga yetdi, ish beruvchilarga yangi talablar eslatildi.
2026-07-16T09:28+0500
2026-07-16T09:28+0500
2026-07-16T09:29+0500
o‘zbekistonda ob-havo
ob-havo prognozi
ob-havo
jazirama
issiq
jamiyat
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/16/26424346_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_98c7fd4cba275c3a1ac1dc73946e33f7.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda havo haroratining keskin ko‘tarilishi munosabati bilan ta’lim, transport, energetika va mehnat sohalarida vaqtinchalik cheklovlar hamda qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etildi.O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 15–17 iyul kunlari mamlakatning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa +44...+46 darajagacha ko‘tariladi.Bog‘chalar va bolalar tadbirlariAnomal issiq sabab Xorazm viloyatidagi barcha davlat bog‘chalari 14–17 iyul, Buxoro viloyatidagi barcha bog‘chalar 15–17 iyul, Farg‘ona viloyatidagi davlat va nodavlat bog‘chalar 16–17 iyul kunlari vaqtincha yopildi.Mamlakat bo‘ylab maktablar qoshidagi sog‘lomlashtirish maydonchalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tadbirlar va “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi loyihalar 1-avgustga qadar to‘xtatildi.17 iyulga belgilangan “Jasorat maktablari”ga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari esa 5–6 avgust kunlariga ko‘chirildi.Yo‘llar va metroSurxondaryo viloyatida og‘ir yuk mashinalarining Termiz shahri, tuman markazlari va ularni bog‘lovchi yo‘llardagi harakati har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha cheklandi. Asfalt qoplamasi harorati +70...+80 darajaga yetishi mumkin.Qashqadaryo viloyatida ham Qarshi shahri, tuman markazlari va ularni bog‘lovchi yo‘llarda og‘ir yuk mashinalari harakati soat 09:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.Elektr energiyasi iste’moli rekord o‘rnatdi14 iyul kuni O‘zbekistonda bir sutkalik elektr energiyasi iste’moli 284 million kVt·soatga yetib, yozgi va qishki tarixiy maksimumlarni yangiladi.Shu kuni elektr energiyasi ishlab chiqarish 287,3 million kVt·soatni tashkil etdi. Energetika korxonalarining avariya-ta’mirlash brigadalari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Yuqori iste’mol vaqtida texnik nosozliklar sabab ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.Shuningdek, yuqori harorat kuzatiladigan vaqtlarda suyultirilgan gazni ortish va tushirish ishlarini vaqtincha to‘xtatish belgilandi.Ishchilar va yashil hududlarni himoya qilishDavlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga soat 11:00 dan 16:00 gacha ochiq havodagi va og‘ir jismoniy ishlarni qisqartirish yoki vaqtincha to‘xtatishni tavsiya qildi.Anomal issiq sharoitida mamlakatning barcha hududlarida daraxtlar, butalar va gulzorlarni ertalab, kechqurun hamda tungi vaqtlarda sug‘orish kuchaytirildi. Ayrim shaharlarda ko‘chalarga suv sepish va favvoralarni uzluksiz ishlatish choralari ham ko‘rilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260714/surxondaryo-yollar-yuk-mashinalar-cheklov-59022136.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/16/26424346_455:0:3186:2048_1920x0_80_0_0_e49e1ac4a1c91dce232e168c7c9a3072.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda ob-havo, ob-havo prognozi, ob-havo, jazirama, issiq, jamiyat, o‘zgidromet
o‘zbekistonda ob-havo, ob-havo prognozi, ob-havo, jazirama, issiq, jamiyat, o‘zgidromet
Bog‘chalar yopildi, transport cheklandi: O‘zbekistonda jazirama sabab qanday choralar ko‘rildi
09:28 16.07.2026 (yangilandi: 09:29 16.07.2026) Anomal issiq tufayli ayrim hududlarda bog‘chalar yopildi, maktab tadbirlari to‘xtatildi, og‘ir yuk mashinalari va metro poyezdlari harakati cheklandi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda havo haroratining keskin ko‘tarilishi munosabati bilan ta’lim, transport, energetika va mehnat sohalarida vaqtinchalik cheklovlar hamda qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etildi.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 15–17 iyul kunlari mamlakatning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa +44...+46 darajagacha ko‘tariladi.
Bog‘chalar va bolalar tadbirlari
Anomal issiq sabab Xorazm viloyatidagi barcha davlat bog‘chalari 14–17 iyul, Buxoro viloyatidagi barcha bog‘chalar 15–17 iyul, Farg‘ona viloyatidagi davlat va nodavlat bog‘chalar 16–17 iyul kunlari vaqtincha yopildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston va Navoiy viloyatining ayrim hududlarida, Jizzax viloyatining olti hududidagi 103 ta davlat bog‘chasida ham faoliyat vaqtincha to‘xtatildi. Bog‘chalarning aksariyati 20-iyuldan odatdagi ish tartibiga qaytadi.
Mamlakat bo‘ylab maktablar qoshidagi sog‘lomlashtirish maydonchalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tadbirlar va “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi loyihalar 1-avgustga qadar to‘xtatildi.
17 iyulga belgilangan “Jasorat maktablari”ga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari esa 5–6 avgust kunlariga ko‘chirildi.
Surxondaryo viloyatida og‘ir yuk mashinalarining Termiz shahri, tuman markazlari va ularni bog‘lovchi yo‘llardagi harakati har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha cheklandi. Asfalt qoplamasi harorati +70...+80 darajaga yetishi mumkin.
Qashqadaryo viloyatida ham Qarshi shahri, tuman markazlari va ularni bog‘lovchi yo‘llarda og‘ir yuk mashinalari harakati soat 09:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.
Toshkent metrosining yer usti yo‘nalishlarida relslar +55 darajadan yuqori qiziyotgani sabab poyezdlar tezligi har kuni soat 18:00 gacha 60 km/soatdan 40 km/soatga tushirildi. Poyezdlar oralig‘i 14 daqiqagacha uzayishi mumkin. Cheklov yer osti yo‘nalishlariga taalluqli emas.
Elektr energiyasi iste’moli rekord o‘rnatdi
14 iyul kuni O‘zbekistonda bir sutkalik elektr energiyasi iste’moli 284 million kVt·soatga yetib, yozgi va qishki tarixiy maksimumlarni yangiladi.
Shu kuni elektr energiyasi ishlab chiqarish 287,3 million kVt·soatni tashkil etdi. Energetika korxonalarining avariya-ta’mirlash brigadalari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Yuqori iste’mol vaqtida texnik nosozliklar sabab ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, yuqori harorat kuzatiladigan vaqtlarda suyultirilgan gazni ortish va tushirish ishlarini vaqtincha to‘xtatish belgilandi.
Ishchilar va yashil hududlarni himoya qilish
Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga soat 11:00 dan 16:00 gacha ochiq havodagi va og‘ir jismoniy ishlarni qisqartirish yoki vaqtincha to‘xtatishni tavsiya qildi.
Xodimlarni salqin ichimlik suvi, soyali dam olish joylari va issiqdan himoya qiluvchi kiyimlar bilan ta’minlash, muntazam tanaffuslar tashkil etish zarurligi eslatildi.
Anomal issiq sharoitida mamlakatning barcha hududlarida daraxtlar, butalar va gulzorlarni ertalab, kechqurun hamda tungi vaqtlarda sug‘orish kuchaytirildi. Ayrim shaharlarda ko‘chalarga suv sepish va favvoralarni uzluksiz ishlatish choralari ham ko‘rilmoqda.