YeI Ukrainani qurollantirib, Rossiyani 2030-yilgacha holdan toydirmoqchi — Vulin
12:41 16.07.2026 (yangilandi: 12:45 16.07.2026)

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy
Obuna bo‘lish
Siyosatchining fikricha, YeI Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam berish orqali Rossiya resurslarini uzoq muddatga band etib, shu vaqt ichida ehtimoliy to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Ukrainani moliyalashtirish va qurollantirish orqali Rossiyani 2030-yilgacha holdan toydirishga urinmoqda. Bu fikrni Serbiyaning sobiq bosh vaziri o‘rinbosari, “Sotsialistlar harakati” yetakchisi Aleksandr Vulin “Milliy mudofaa” jurnali uchun yozgan maqolasida bildirdi.
RIA Novostining yozishicha, maqolada Vulin YeI Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirayotgani va Ukrainadagi mojaroni o‘z urushi kabi moliyalashtirayotganini ta’kidladi.
Uning fikricha, Yevropa Ukraina orqali Rossiyaning harbiy va iqtisodiy resurslarini imkon qadar uzoq vaqt band qilib turishni ko‘zlamoqda.
"Yevropa Ittifoqi Zelenskiy rejimini pul bilan ta’minlashni davom ettirmoqda va Ukraina urushini o‘zining urushidek moliyalashtirmoqda, bu urush so‘nggi ukrainalikkacha davom etadi - lekin bu bilan Rossiyani mag‘lub etaman deb o‘ylagani uchun emas, balki uni 2030-yilga kelib, kansler Mers, Germaniya va, demak, Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvga tayyor bo‘ladi," - deyiladi maqolada.
Siyosatchi Rossiya va Xitoy Yevropa davlatlarining harbiy-sanoat majmuasini kengaytirish, qurol ishlab chiqarishni oshirish va armiyalarni kuchaytirish haqidagi bayonotlariga jiddiy munosabatda bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro xavfsizlik sohasidagi qarama-qarshilikni kechiktirish emas, yangi global tartib bo‘yicha muzokaralarni boshlash zarur.
“Tanlov — yangi global xavfsizlik tartibi bo‘yicha muzokaralar yoki qurolli qarama-qarshilik”, — deb yozdi Vulin.
U G‘arb Rossiya va Xitoyning ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirishga bo‘lgan siyosiy irodasi hamda imkoniyatlarini yetarlicha baholamayotganini bildirdi.
Vulinning fikricha, Yevropa mojarodan Rossiyani zaiflashtirish vositasi sifatida foydalanmoqda. Keyinchalik xuddi shunday bosim Xitoyning ichki birligi va xorijdagi iqtisodiy manfaatlariga ham qaratilishi mumkin.
“Yevropa elitalari Rossiyadan revansh olish imkoniyatlarini izlamoqda va topmoqda, ular Ukraina atrofidagi mojaroga turtki berish orqali Rossiyani o‘zlari uchun eng kam xarajat bilan yo‘q qilish mexanizmini topdik deb o‘ylashmoqda”, — deya ta’kidlaydi Vulin.
Ma’lumot uchun: Yevropa Ittifoqining rasmiy “Readiness 2030” dasturida maqsad Yevropa mudofaa salohiyatini oshirish, harbiy sanoatni rivojlantirish va ehtimoliy tahdidlarni tiyib turish sifatida ko‘rsatilgan. Dastur doirasida mudofaa xarajatlari uchun 800 milliard yevrogacha mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan.

