Endi elektron reyestrga kiritilmagan hududiy reja bo‘yicha qurilish boshlab bo‘lmaydi

© Sputnik / Baxrom XatamovStroitelstvo novix visotok v sentre Tashkenta
Stroitelstvo novix visotok v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
Obuna bo‘lish
Aholi punktining bosh rejasi tasdiqlanganidan keyin 3 oy ichida uni amalga oshirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda hududlarning barcha master-rejalari yagona elektron reyestrda jamlanadi. Bu prezidentning “Urbanizatsiya va uy-joy qurilishi sohasida islohotlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 1-noyabrdan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi master-rejalarning yagona elektron reyestrini yuritadi. Hujjatlarning raqamlashtirilgan nusxalari ham Milliy qo‘mitada saqlanadi.
Reyestrdan o‘tkazilmagan master-rejalarni amalga oshirish, shuningdek, ular asosida shaharsozlik, qurilish, investitsiya va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aholi punktining bosh rejasi tasdiqlanganidan keyin uch oy ichida uni amalga oshirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqiladi. Dastur 3-yildan 5-yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallanib, unda tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va bajarish muddatlari aniq ko‘rsatiladi.
Kompleks dasturlarning ijrosi Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar kengashlari majlislarida muhokama qilinib, natijalari ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Shuningdek, bosh rejasi mavjud bo‘lmagan yoki bosh rejasi ishlab chiqilganiga kamida 10-yil bo‘lgan aholi punktlari uchun yangi bosh rejalar va batafsil rejalashtirish loyihalari respublika budjeti hisobidan ishlab chiqiladi.
Stroitelstvo novix visotok v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Bosh rejalar bilan ishlashning yangi tizimi paydo bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0