Messi ikki "assist" qildi: Argentina Angliyani yengib, JCh-2026 finaliga chiqdi

© AP PhotoChempionat mira po futbolu 2026. Argentina - Angliya
Chempionat mira po futbolu 2026. Argentina - Angliya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
Obuna bo‘lish
Argentina terma jamoasi JCh-2026 yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Lionel Messi har ikki golga uzatma berdi, hal qiluvchi to‘p esa qo‘shib berilgan vaqtda kiritildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Argentina terma jamoasi futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati finaliga yo‘l oldi. Amaldagi jahon chempionlari Atlantada o‘tgan yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Endi Lionel Skaloni jamoasi bosh sovrin uchun Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Keskin kurashlarga boy o‘tgan birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Angliya oldinga chiqdi. Deklan Rays boshlagan hujumni Morgan Rojers qanotdan uzatma bilan davom ettirdi, Entoni Gordon esa to‘pni Emiliano Martines qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘lladi — 1:0.
Goldan so‘ng Angliya asosiy e’tiborni natijani saqlab qolishga qaratdi, Argentina esa bosimni kuchaytirdi. Gordonning golidan Lautaro Martinesning hal qiluvchi to‘pigacha bo‘lgan vaqtda inglizlar to‘pga atigi 12 foiz egalik qildi.
85-daqiqada Lionel Messi jarima maydoni tashqarisida turgan Enso Fernandesni to‘p bilan ta’minladi. Yarim himoyachining taxminan 20 metrdan bergan zarbasi Jordan Pikford darvozasining pastki burchagidan joy oldi — 1:1.
Qo‘shib berilgan vaqtning 2-daqiqasida esa Argentina kambekni yakunladi. Aleksis Mak Allisterning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegdi, Messi hujumni o‘ng qanotda davom ettirib, jarima maydoniga aniq uzatma berdi. Zaxiradan maydonga tushgan Lautaro Martines bosh bilan to‘pni darvozaga kiritdi — 2:1. Messi gol urmagan bo‘lsa-da, Argentinaning har ikki goliga assist qildi.
1986 yil va 86-daqiqa o‘rtasidagi ramziy bog‘liqlik
Uchrashuv 1986-yilgi jahon chempionati chorak finalini yodga soldi. O‘shanda ham Argentina Angliyani 2:1 hisobida yenggan, Diyego Maradona esa futbol tarixiga kirgan ikkita gol — "Xudoning qo‘li" va keyinchalik "asr goli" deb atalgan to‘plarni kiritgan edi.
Oradan roppa-rosa 40-yil o‘tib, Argentina yana Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Qizig‘i, Enso Fernandesning goli rasmiy qaydnomada 85-daqiqa deb ko‘rsatilgan — ya’ni o‘yinning 86-daqiqasi davom etayotgan edi. Shu sabab bu holatni 1986-yil bilan bog‘liq ramziy tasodif sifatida berish mumkin.
Argentina 19-iyul kuni Nyu-York — Nyu-Jersida o‘tadigan finalda Ispaniya bilan uchrashadi. Angliya esa uchinchi o‘rin uchun Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.
Chempionat mira po futbolu 2026. Ispaniya - Fransiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Ispaniya Fransiyani “quruq” mag‘lub etib, JCh-2026 finaliga chiqdi
Yangiliklar lentasi
0