O‘zbekiston Sibirdagi yirik gastronomik festivalda ilk bor qatnashdi

© Informatsionnoe agentstvo DunyoUzbekistan prinyal uchastie v mejdunarodnom gastroturisticheskom festivale "V Sibiri — yest!"
Uzbekistan prinyal uchastie v mejdunarodnom gastroturisticheskom festivale V Sibiri — yest! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Obuna bo‘lish
Novosibirskdagi festivalda O‘zbekistonning turizm salohiyati, milliy taomlari, hunarmandchilik an’analari va madaniy merosi namoyish etildi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Novosibirsk shahrida o‘tkazilgan “V Sibiri — yest!” xalqaro gastronomik va turistik festivalida ilk bor ishtirok etdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Milliy uslubda bezatilgan festivaldagi O‘zbekiston pavilonida mamlakat tarixi va madaniy merosi, o‘zbek taomlari, hunarmandchilik an’analari, shuningdek, ommabop va zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlari namoyish etildi.
Festival mehmonlariga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi va turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatildi.
“V Sibiri — yest!” har yili Novosibirskda o‘tkaziladi. Sibir mintaqasidagi yirik gastronomik va turistik tadbirlardan biri bo‘lgan festival turizm vakillari, milliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda minglab mehmonlarni bir maydonga jamlaydi.
O‘zbekistonning festivaldagi ishtiroki Sibir aholisi orasida mamlakat sayyohlik yo‘nalishlarini tanitish va madaniy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
Posolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik Puteshestvie v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Moskvada bolalar uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” bayrami o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0