O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun Belarus birjasiga kirish yengillashadi

© Belorusskaya universalnaya tovarnaya birjaBelarus i Uzbekistan planiruyut uglublyat sotrudnichestvo v sfere zakupok
Belarus i Uzbekistan planiruyut uglublyat sotrudnichestvo v sfere zakupok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar ikki mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining elektron xarid platformalariga kirishini yengillashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Belarus va O‘zbekiston ikki davlat tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat va korporativ xaridlarga kengroq jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Belarus universal tovar birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar Belarus va O‘zbekistondagi elektron xarid platformalariga o‘zaro kirishni soddalashtirish, narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish tajribasini muntazam almashish imkoniyatlarini ishlab chiqadi.
Masala O‘zbekiston Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi direktori Najmiddinxo‘ja Sharipov va “Texnopark” MChJ bosh direktori Sarvar Ahadovning Belarus universal tovar birjasi markaziy ofisiga tashrifi chog‘ida muhokama qilindi.
Sharipovning ta’kidlashicha, xaridlar sohasidagi hamkorlik ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro savdoni oshirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
BUTB rahbari Aleksandr Osmolovskiy birja O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan axborot va tajriba almashish, birja ta’limi hamda brokerlarni o‘zaro akkreditatsiya qilish yo‘nalishlarida hamkorlik qilayotganini bildirdi.
Hozirda O‘zbekiston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston birjalari transchegaraviy savdoda asosiy tovarlar narxi bo‘yicha xalqaro indikatorlar tizimini yaratmoqda.
Qayd etilishicha, 2026-yilning birinchi yarmida BUTB savdolarida o‘zbekistonlik ishtirokchilar tuzgan bitimlar hajmi 66 million dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga ko‘p.
Proizvodstvo molochnoy produksii v Patigorske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Belarusda mahsulot yetishtirib, uni O‘zbekistonga eksport qiladi
Yangiliklar lentasi
0