Qashqadaryoda uch kishida quturish aniqlangani haqidagi xabar rad etildi

© Sputnik / Baxrom XatamovSkoraya pomosh nesotsya na vizov
Skoraya pomosh nesotsya na vizov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir oilaning uch a’zosida quturish aniqlangani haqidagi xabarlar rasman tasdiqlanmadi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Kitob tumanida taxminan bir oy avval tulki bolasi tirnagan fuqaro shifoxonada vafot etdi. Unda quturish kasalligi bo‘lgani hozircha tasdiqlanmagan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro 10-iyul kuni xavfli yuqumli kasallik gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan. Epidemiologik surishtiruvda uni taxminan bir oy oldin tulki bolasi tirnagani aniqlangan. Bemor 11-iyul kuni vafot etgan. O‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan
Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanida bir oilaning uch a’zosida quturish aniqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Hududda yashovchi uch nafar fuqaro ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularda quturishning klinik belgilari aniqlanmagan. Ayni paytda ular shifokorlar nazoratida bo‘lib, profilaktik emlash ishlari olib borilmoqda.
Mutasaddi tashkilotlar Kitob tumanidagi epidemiologik vaziyat nazoratga olinganini bildirdi va aholini tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.
Nurmat Atabekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2026
“Sikada” shtammi O‘zbekiston uchun qanchalik xavfli?
Yangiliklar lentasi
0