Toshkent viloyatida bog‘cha bolalari zaharlanishi bo‘yicha 11 kishiga hukm o‘qildi

© RIA /KalmikiyaMoskovskiy gorodskoy sud
Moskovskiy gorodskoy sud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Obuna bo‘lish
Olti nafar sudlanuvchi 3-yildan 3,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi, yana besh nafariga uch yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar zaharlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha 11 nafar sudlanuvchiga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudi ularni Jinoyat kodeksining sanitariya qonunchiligi yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid 257-1-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topdi.
“Shark Milk Product” MChJning uch nafar rahbar va xodimi 3,5 yilga, yana uch nafari esa 3-yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Boshqa to‘rtta kompaniya rahbari va “Shark Milk Product” MChJ laborantiga 3-yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchilar muayan huquqdan ham mahrum qilindi. Hukm ustidan Toshkent viloyat sudiga qonunda belgilangan tartibda shikoyat berish yoki protest keltirish mumkin.
Avval xabar berganimizdek, 2025-yil sentabrda Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyichirchiq tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlari aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Rabota narkologicheskogo dispansera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi
Yangiliklar lentasi
0