https://oz.sputniknews.uz/20260711/ozbekiston-qozogiston-suv-58974881.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suvlarni birgalikda boshqaradi
O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suvlarni birgalikda boshqaradi
Sputnik O‘zbekiston
Tomonlar suv resurslarini boshqarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtiradi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiradi. 11.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-11T15:07+0500
2026-07-11T15:07+0500
2026-07-11T15:07+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/563/88/5638888_0:458:2013:1590_1920x0_80_0_0_fa342388c523d1a6f222abdaa9fa796f.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi.Mazkur bitim 2025-yil 15-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan edi.Bitim doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida transchegaraviy suv obyektlarini boshqarish bo‘yicha hukumatlararo komissiya tashkil etiladi. Komissiya umumiy suv resurslaridan foydalanish, davlatlararo gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tizimli ravishda ko‘rib chiqadi.Shuningdek, tomonlar suv xo‘jaligi sohasida axborot almashinuvini takomillashtirish, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishni ko‘zda tutgan.Bitim transchegaraviy suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tanqisligi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish, ehtimoliy kelishmovchiliklarning oldini olish hamda mintaqaviy suv hamkorligini mustahkamlash uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.O‘zbekiston hukumati bilan Qozog‘iston hukumati o‘rtasida imzolangan Transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston tomonidan tasdiqlangan. 2026-yil 6-mart kuni O‘zbekiston prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-88-son qarori qabul qilingan.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo havzasidagi transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanadi. Mazkur suv resurslari har ikki mamlakatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish, aholini suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish va ekotizimlar barqarorligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
https://oz.sputniknews.uz/20260630/amudaryo-suv-zaxiralar-kamayish-58709175.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/563/88/5638888_0:269:2013:1779_1920x0_80_0_0_335da0517f6bec53c7900775f2de7b79.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, suv
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, suv
O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suvlarni birgalikda boshqaradi
Tomonlar suv resurslarini boshqarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtiradi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiradi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitimni
ratifikatsiya qildi. Mazkur bitim 2025-yil 15-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan edi.
Hujjat ikki davlat o‘rtasida transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish, ularni birgalikda boshqarish hamda davlatlararo ahamiyatga ega suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlashga qaratilgan.
Bitim doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida transchegaraviy suv obyektlarini boshqarish bo‘yicha hukumatlararo komissiya tashkil etiladi. Komissiya umumiy suv resurslaridan foydalanish, davlatlararo gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tizimli ravishda ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, tomonlar suv xo‘jaligi sohasida axborot almashinuvini takomillashtirish, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishni ko‘zda tutgan.
Bitim transchegaraviy suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tanqisligi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish, ehtimoliy kelishmovchiliklarning oldini olish hamda mintaqaviy suv hamkorligini mustahkamlash uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston hukumati bilan Qozog‘iston hukumati o‘rtasida imzolangan Transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston tomonidan tasdiqlangan. 2026-yil 6-mart kuni O‘zbekiston prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PQ-88-son qarori qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo havzasidagi transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanadi. Mazkur suv resurslari har ikki mamlakatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish, aholini suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish va ekotizimlar barqarorligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.